QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Adiyat surasi · Oyatсураси · Оят5

فَوَسَطْنَ بِهِۦ جَمْعًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va u ila jamoa o`rtasiga (yorib) kirdilar.Ва у ила жамоа ўртасига (ёриб) кирдилар.Alauddin Mansour: Shu (chang-toʻzon) bilan (dushman) jamoasining oʻrtasiga kirib keladigan (ot)larga qasamki;Шу (чанг-тўзон) билан (душман) жамоасининг ўртасига кириб келадиган (от)ларга қасамки;

599-sahifa · 30-juz · 60-hizb599-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَوَسَطْنَbas, oʻrtasiga (yorib) kirdilarбас, ўртасига (ёриб) кирдиларبِهِۦu ilaу илаجَمْعًاjamoaningжамоанинг
TafsirТафсир

Yaʼni, mujohidlarning otlari tuyoqlaridan chang chiqarganlaricha, yeldek uchib borib, dushman safini yorib, oʻrtalariga kirib bordilar.

Alloh taolo urushga qatnashuvchi otlarning turli holatlari bilan qasam ichdi. Chunki, oʻsha paytlarda ot eng muhim ulov edi. Xususan, urushda uning ahamiyati haddan tashqari katta edi. Tarixdagi eng katta yurishlar, fath etishlar ot yordamida, chavandozlik ila amalga oshirilgan. Shuning uchun, barcha xalqlar, shu jumladan musulmonlar ham otga, chavandozlikka katta eʼtibor berganlar. Qurʼoni Karim ham shuni taʼkid etmoqda. Bu qasamdan yana bir murod– kelasi oyatlardagi mavzuʼga eʼtiborni tortish.