كَلَّا لَوْ تَعْلَمُونَ عِلْمَ ٱلْيَقِينِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q! Agar Siz aniq ilm ila bilganingizda edi.Йўқ! Агар Сиз аниқ илм ила билганингизда эди.Alauddin Mansour: Yoʻq, agar sizlar (dunyoga qul boʻlib qolishning oqibati nima ekanligini) aniq bilish bilan bilsalaringiz edi, (unga qul boʻlib qolmas edingizlar)!Йўқ, агар сизлар (дунёга қул бўлиб қолишнинг оқибати нима эканлигини) аниқ билиш билан билсаларингиз эди, (унга қул бўлиб қолмас эдингизлар)!
Yoʻq! Siz bu qilmishingizdan qayting! Oʻtkinchi dunyo matohi uchun kimoʻzarga berilib Alloh taoloning ibodatidan qolishni yigʻishtiring! Agar sizlar buning oqibati nima boʻlishini ochiq-oydin bilganingizda edi, bu ishni qilmas edingiz. Molu dunyo koʻpaytirishga mashgʻul boʻlib, Alloh taoloning ibodatini unutmas edingiz. Mansab ketidan quvishga mashgʻul boʻlib, oʻlguningizcha urinib, Alloh taoloning ibodatini unutmas edingiz. Bola-chaqa, yoru doʻst bilan mashgʻul boʻlib, Alloh taoloni esdan chiqarmas edingiz.
Afsuski, molu dunyo, mansab, bola-chaqa, yoru doʻst masalasida kimoʻzar ila oʻlib, qabrni ziyorat qilguningizgacha mashgʻul boʻldingiz. Endi...