QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят111

۞ قَالُوٓا۟ أَنُؤْمِنُ لَكَ وَٱتَّبَعَكَ ٱلْأَرْذَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Senga pastkashlar ergashib turgan holda, biz senga iymon keltirarmidik?!» dedilar.Улар: «Сенга пасткашлар эргашиб турган ҳолда, биз сенга иймон келтирармидик?!» дедилар.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Senga pastkash (yalangoyoq) kimsalar ergashgan boʻlsa, (bizlar senga (qanday qilib iymon keltirurmiz?»Улар дедилар: «Сенга пасткаш (ялангоёқ) кимсалар эргашган бўлса, (бизлар сенга (қандай қилиб иймон келтирурмиз?»

371-sahifa · 19-juz · 38-hizb371-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ قَالُوٓا۟dedilarдедиларأَنُؤْمِنُiymon keltirarmidikиймон келтирармидикلَكَsengaсенгаوَٱتَّبَعَكَva senga ergashib turgan holdaва сенга эргашиб турган ҳолдаٱلْأَرْذَلُونَpastkashlarпасткашлар
TafsirТафсир

Yaʼni, qanday qilib senga iymon keltiraylik, holbuki, senga kambagʻal yalangoyoqlar ergashib yuribdi-ku?!

Odatda, ilohiy daʼvatlarni avvalo kambagʻallar qabul etib, iymon keltiradilar. Chunki, dunyo ularni mashgʻul qilib qoʻymaydi. Shuningdek, mansab, molu dunyolaridan ayrilib qolishdan ham qoʻrqmaydilar. Yangi dinga kirish orqali qadr-qiymatlarini topishni oʻylaydilar. Ular ilohiy taʼlimotlar adolat oʻrnatishi, zulmni koʻtarishi va hammaga bir xil munosabatda boʻlishidan umid qiladilar.

Ilohiy daʼvat boyvachchalarga yoqmaydi. Ular har narsani oʻz qarichlari bilan oʻlchaydilar. Allohning dinida ham ularga maxsus imtiyozlar berilishini talab qiladilar. Ular ortidan kambagʻallar ergashgan Paygʻambarlarga iymon keltirishdan bosh tortadilar.

Nuh alayhissalomning qavmlari ham xuddi shu ishni qildi. Ul zotga kambagʻallar ergashgani uchun iymon keltirmasliklarini aytdilar. Bunga javoban Nuh alayhissalom ularga ilohiy taʼlimot hamda Paygʻambarning vazifasini bayon qilib berdilar.