QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят117

قَالَ رَبِّ إِنَّ قَوْمِى كَذَّبُونِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey Robbim, shubhasiz, qavmim meni yolg`onchi qildilar.У: «Эй Роббим, шубҳасиз, қавмим мени ёлғончи қилдилар.Alauddin Mansour: (Shunda Nuh) aytdi: «Parvardigorim, qavmim meni yolgʻonchi qildilar.(Шунда Нуҳ) айтди: «Парвардигорим, қавмим мени ёлғончи қилдилар.

372-sahifa · 19-juz · 38-hizb372-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَu dediу дедиرَبِّey Robbimэй Роббимإِنَّshubhasizшубҳасизقَوْمِىqavmimқавмимكَذَّبُونِmeni yolgʻonchi qildilarмени ёлғончи қилдилар
TafsirТафсир

Mazkur tortishuvlar va ularning soʻngidagi doʻq-poʻpisadan keyin Nuh alayhissalom oʻz qavmining oʻtaketgan sarkashligini hamda zalolatga mahkam yopishib olganini, ularga vaʼz-nasihat taʼsir qilmasligini yana bir bor anglab yetdilar. Shuning uchun ham, iltijo ila Alloh taologa nido aylab: «Ey Robbim, shubhasiz, qavmim meni yolgʻonchi qildi. Bas, Oʻzing men bilan ularning oramizni yaxshilab ochgin va menga hamda men bilan birga boʻlgan moʻminlarga najot bergin», deb duo qildilar. Nuh alayhissalom, avvalo, holatni bayon qildilar. «Ey Robbim, shubhasiz, qavmim meni yolgʻonchi qildi», dedilar. Ey Robbim, men Sening amrlaringni yetkazganimda, oʻz qavmim meni yolgʻonchi qildi. U nobakor qavmning hidoyatga yurishidan umid uzildi. Keyin esa, Nuh alayhissalom Alloh taolodan oʻsha nobakor qavm bilan oʻz oralarini ochiq qilib qoʻyishni soʻradilar: «Bas, Oʻzing men bilan ularning oramizni yaxshilab ochgin...» Ular bilan oramizda hech qanday aloqa qolmaydigan qilgin. Va nihoyat, Nuh alayhissalom oʻzlariga va u zotga ergashgan moʻminlarga najot soʻradilar: «...…va menga hamda men bilan birga boʻlgan moʻminlarga najot bergin», deb duo qildilar. Alloh taolo Nuh alayhissalomning bu duolarini qabul qildi. Bu haqda kelasi oyatlarda xabar beradi: