فَٱفْتَحْ بَيْنِى وَبَيْنَهُمْ فَتْحًا وَنَجِّنِى وَمَن مَّعِىَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, O`zing men bilan ularning oramizni yaxshilab ochgin va menga hamda men bilan birga bo`lgan mo`minlarga najot bergin», dedi.Бас, Ўзинг мен билан уларнинг орамизни яхшилаб очгин ва менга ҳамда мен билан бирга бўлган мўминларга нажот бергин», деди.Alauddin Mansour: Endi Sen Oʻzing men bilan ularning orasini ochib qoʻygin va menga hamda men bilan birga boʻlgan moʻmin kishilarga najot bergin».Энди Сен Ўзинг мен билан уларнинг орасини очиб қўйгин ва менга ҳамда мен билан бирга бўлган мўмин кишиларга нажот бергин».
Mazkur tortishuvlar va ularning soʻngidagi doʻq-poʻpisadan keyin Nuh alayhissalom oʻz qavmining oʻtaketgan sarkashligini hamda zalolatga mahkam yopishib olganini, ularga vaʼz-nasihat taʼsir qilmasligini yana bir bor anglab yetdilar. Shuning uchun ham, iltijo ila Alloh taologa nido aylab: «Ey Robbim, shubhasiz, qavmim meni yolgʻonchi qildi. Bas, Oʻzing men bilan ularning oramizni yaxshilab ochgin va menga hamda men bilan birga boʻlgan moʻminlarga najot bergin», deb duo qildilar. Nuh alayhissalom, avvalo, holatni bayon qildilar. «Ey Robbim, shubhasiz, qavmim meni yolgʻonchi qildi», dedilar. Ey Robbim, men Sening amrlaringni yetkazganimda, oʻz qavmim meni yolgʻonchi qildi. U nobakor qavmning hidoyatga yurishidan umid uzildi. Keyin esa, Nuh alayhissalom Alloh taolodan oʻsha nobakor qavm bilan oʻz oralarini ochiq qilib qoʻyishni soʻradilar: «Bas, Oʻzing men bilan ularning oramizni yaxshilab ochgin...» Ular bilan oramizda hech qanday aloqa qolmaydigan qilgin. Va nihoyat, Nuh alayhissalom oʻzlariga va u zotga ergashgan moʻminlarga najot soʻradilar: «...…va menga hamda men bilan birga boʻlgan moʻminlarga najot bergin», deb duo qildilar. Alloh taolo Nuh alayhissalomning bu duolarini qabul qildi. Bu haqda kelasi oyatlarda xabar beradi: