أَتَبْنُونَ بِكُلِّ رِيعٍ ءَايَةً تَعْبَثُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har tepalikka bir belgi bo`ladigan bino qurib, behuda o`yin qilaverasizmi?Ҳар тепаликка бир белги бўладиган бино қуриб, беҳуда ўйин қилаверасизми?Alauddin Mansour: Sizlar har bir tepalikka oʻyin-kulgi uchun bir belgi — baland bino quraverasizlarmi?!Сизлар ҳар бир тепаликка ўйин-кулги учун бир белги — баланд бино қураверасизларми?!
Ushbu oyatdagi «masnaʼlar» soʻzi hozirgi arab tilida zavod-fabrikalar maʼnosida ishlatilmoqda. Qadimda, albatta, hozirgidek inshootlar boʻlmagan. Shuning uchun ham, qadimgi tafsirlarimizda bu soʻzga baland qasrlar, suv omborlari, baland qoʻrgʻonlar maʼnosi berilgan. Asrdosh tafsirchilarimiz esa, Od qavmi ulkan qasrlar qurish, togʻlarni oʻyib ishlash va boshqa faxr uchun koʻtaradigan binolarida foydalanadigan asbob-uskunalarni ishlab chiqaradigan ishxonalarga ega edi, «masoneʼlar»dan murod oʻshalar, deydilar. Birinchi oyatda qurilishlarga doir ochiq-oydin maʼno bor. Shuning uchun, ushbu ikkinchi tafsir asosliroq boʻlib chiqadi.
Od qavmi jismoniy jihatdan yetuk, baland qomatli, juda baquvvat va sogʻlom odamlar boʻlganlar. Shuningdek, aqliy jihatdan ham ular oʻtkir zehnli, teran aqlli boʻlib, hamma ularga havas qilgan. Ammo ular mazkur neʼmatlarni toʻgʻri yoʻlda ishlatmadilar. Fururga ketib, hovliqdilar va: «Bizdan kuchliroq kim bor?!» deb maqtandilar. Besh kunlik dunyo matohiga berildilar. Ular hashamat, faxr va bir-birlaridan oʻzish uchun bekordan-bekorga ulkan qasrlar, turli kerakli-keraksiz inshootlar bino qildilar. Shunday ishlarga berilib ketib, Allohni unutdilar va turli yomonliklarga qoʻl urdilar. Jumladan, moddiy kuch-quvvatlari ila boshqalarga zulm oʻtkazdilar. Hud alayhissalom soʻzlari davomida ana shunga ham ishorat qilmoqdalar: