QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят129

وَتَتَّخِذُونَ مَصَانِعَ لَعَلَّكُمْ تَخْلُدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va xuddi mangu turajakdek «masna'lar» tutasiz.Ва худди мангу туражакдек «маснаълар» тутасиз.Alauddin Mansour: Va goʻyo mangu yashab qoladigandek qasr-saroylar solasizlar?!Ва гўё мангу яшаб қоладигандек қаср-саройлар соласизлар?!

372-sahifa · 19-juz · 38-hizb372-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَتَتَّخِذُونَva tutaverasizmiва тутаверасизмиمَصَانِعَmasnaʼlar (imoratlar)маснаълар (иморатлар)لَعَلَّكُمْgoʻyo sizlarгўё сизларتَخْلُدُونَmangu turadigandekмангу турадигандек
TafsirТафсир

Ushbu oyatdagi «masnaʼlar» soʻzi hozirgi arab tilida zavod-fabrikalar maʼnosida ishlatilmoqda. Qadimda, albatta, hozirgidek inshootlar boʻlmagan. Shuning uchun ham, qadimgi tafsirlarimizda bu soʻzga baland qasrlar, suv omborlari, baland qoʻrgʻonlar maʼnosi berilgan. Asrdosh tafsirchilarimiz esa, Od qavmi ulkan qasrlar qurish, togʻlarni oʻyib ishlash va boshqa faxr uchun koʻtaradigan binolarida foydalanadigan asbob-uskunalarni ishlab chiqaradigan ishxonalarga ega edi, «masoneʼlar»dan murod oʻshalar, deydilar. Birinchi oyatda qurilishlarga doir ochiq-oydin maʼno bor. Shuning uchun, ushbu ikkinchi tafsir asosliroq boʻlib chiqadi.

Od qavmi jismoniy jihatdan yetuk, baland qomatli, juda baquvvat va sogʻlom odamlar boʻlganlar. Shuningdek, aqliy jihatdan ham ular oʻtkir zehnli, teran aqlli boʻlib, hamma ularga havas qilgan. Ammo ular mazkur neʼmatlarni toʻgʻri yoʻlda ishlatmadilar. Fururga ketib, hovliqdilar va: «Bizdan kuchliroq kim bor?!» deb maqtandilar. Besh kunlik dunyo matohiga berildilar. Ular hashamat, faxr va bir-birlaridan oʻzish uchun bekordan-bekorga ulkan qasrlar, turli kerakli-keraksiz inshootlar bino qildilar. Shunday ishlarga berilib ketib, Allohni unutdilar va turli yomonliklarga qoʻl urdilar. Jumladan, moddiy kuch-quvvatlari ila boshqalarga zulm oʻtkazdilar. Hud alayhissalom soʻzlari davomida ana shunga ham ishorat qilmoqdalar: