QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят153

قَالُوٓا۟ إِنَّمَآ أَنتَ مِنَ ٱلْمُسَحَّرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Sen, albatta, sehrlanganlardandirsan.Улар: «Сен, албатта, сеҳрланганлардандирсан.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Hech shak-shubhasiz, sen sehrlangan — aqldan ozgan kimsalardandirsan.Улар дедилар: «Ҳеч шак-шубҳасиз, сен сеҳрланган — ақлдан озган кимсалардандирсан.

373-sahifa · 19-juz · 38-hizb373-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوٓا۟dedilarдедиларإِنَّمَآalbatta, faqatалбатта, фақатأَنتَsenсенمِنَ-dansan-дансанٱلْمُسَحَّرِينَsehrlanganlarсеҳрланганлар
TafsirТафсир

Samud qavmi ularga Allohning gapini yetkazgan Paygʻambarlari Solih alayhissalomga, sen algʻov-dalgʻov gapirmoqdasan, koʻrinib turibdiki sen aniq sehrlangansan, deb tuhmat qildilar. «Ular: «Sen, albatta, sehrlanganlardandirsan.» Kofirlar nazdida, Allohning yoʻliga chaqiruvchilar doimo majnun yoki sehrlangan boʻlib koʻrinadi. «Sen bizga oʻxshagan bashardan boshqa hech narsa emassan.» Ularning fikricha, bashar Paygʻambar boʻlishi mumkin emas. «Agar rostgoʻylardan boʻlsang, moʻʼjiza keltir.» Agar Paygʻambarlik daʼvoing rost boʻlsa, uni tasdiqlash uchun moʻʼjiza keltir, deyishdi. Samud qavmining bu talabiga binoan, Alloh taolo Solih alayhissalomga moʻʼjiza berdi. Endi Solih alayhissalom Samud qavmiga oʻsha moʻʼjizani eʼlon qilmoqdalar: