مَآ أَنتَ إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُنَا فَأْتِ بِـَٔايَةٍ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّـٰدِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen bizga o`xshagan bashardan boshqa hech narsa emassan. Agar rostgo`ylardan bo`lsang, mo`'jiza keltir», dedilar.Сен бизга ўхшаган башардан бошқа ҳеч нарса эмассан. Агар ростгўйлардан бўлсанг, мўъжиза келтир», дедилар.Alauddin Mansour: Sen ham xuddi bizlarga oʻxshagan odamdirsan. Bas, agar (paygʻambarman degan daʼvoyingda) rostgoʻylardan boʻlsang, biron oyat-moʻʼjiza keltir!»Сен ҳам худди бизларга ўхшаган одамдирсан. Бас, агар (пайғамбарман деган даъвойингда) ростгўйлардан бўлсанг, бирон оят-мўъжиза келтир!»
Samud qavmi ularga Allohning gapini yetkazgan Paygʻambarlari Solih alayhissalomga, sen algʻov-dalgʻov gapirmoqdasan, koʻrinib turibdiki sen aniq sehrlangansan, deb tuhmat qildilar. «Ular: «Sen, albatta, sehrlanganlardandirsan.» Kofirlar nazdida, Allohning yoʻliga chaqiruvchilar doimo majnun yoki sehrlangan boʻlib koʻrinadi. «Sen bizga oʻxshagan bashardan boshqa hech narsa emassan.» Ularning fikricha, bashar Paygʻambar boʻlishi mumkin emas. «Agar rostgoʻylardan boʻlsang, moʻʼjiza keltir.» Agar Paygʻambarlik daʼvoing rost boʻlsa, uni tasdiqlash uchun moʻʼjiza keltir, deyishdi. Samud qavmining bu talabiga binoan, Alloh taolo Solih alayhissalomga moʻʼjiza berdi. Endi Solih alayhissalom Samud qavmiga oʻsha moʻʼjizani eʼlon qilmoqdalar: