قَالَ هَـٰذِهِۦ نَاقَةٌ لَّهَا شِرْبٌ وَلَكُمْ شِرْبُ يَوْمٍ مَّعْلُومٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Mana bu tuya. Unga (bir kun) suv ichish va sizga ma'lum bir kun suv ichish.У: «Мана бу туя. Унга (бир кун) сув ичиш ва сизга маълум бир кун сув ичиш.Alauddin Mansour: U aytdi: «(Mening moʻʼjizam) mana shu tuyadir. (Maʼlum bir kun suv) ichish navbati unikidir. Maʼlum bir kun esa sizlarning ichish navbatingizdir.У айтди: «(Менинг мўъжизам) мана шу туядир. (Маълум бир кун сув) ичиш навбати уникидир. Маълум бир кун эса сизларнинг ичиш навбатингиздир.
Boshqa oyatlarda bayon etilganidek, Alloh taolo tomonidan mazkur tuyaning toshdan chiqarilishining oʻzi moʻʼjiza boʻlgan edi. Allohning Paygʻambari Solih alayhissalom Samud qavmiga oʻsha moʻʼjiza tuyani koʻrsatib:
«Mana bu tuya. Unga (bir kun) suv ichish va sizga maʼlum bir kun suv ichish», demoqdalar. Endi oʻsha moʻʼjiza tuyaning Samud qavmi ichida turish sharti qoʻyildi. Oʻsha yurtdagi buloqdan bir kun tuya, bir kun Samud qavmi suv ichadi. Shu bilan birga, yana bir shart bor. «Va unga yomonlik yetkazmanglar, unda, sizni ulugʻ kunning azobi tutadir.» Qavm tuyaga mutlaqo zarar yetkazmasligi kerak. Agar bu shartni buzib tuyaga zarar yetkazadigan boʻlsalar, ularga azob yetishi turgan gap. Ammo jinoyatkor qavm shartga amal qilmadi.