قَالُوا۟ لَئِن لَّمْ تَنتَهِ يَـٰلُوطُ لَتَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُخْرَجِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Ey Lut, agar to`xtamasang, albatta, haydab chiqarilganlardan bo`lasan!» dedilar.Улар: «Эй Лут, агар тўхтамасанг, албатта, ҳайдаб чиқарилганлардан бўласан!» дедилар.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Qasamki, agar toʻxtamasang ey Lut, albatta surgun qilinguvchilardan boʻlursan».Улар дедилар: «Қасамки, агар тўхтамасанг эй Лут, албатта сургун қилингувчилардан бўлурсан».
Jinoyatkor qavm oʻzini insonlik shaʼniga toʻgʻri kelmaydigan ifloslikdan qaytargan Paygʻambariga doʻq urdi. Ul zotga tahdid qilib, yurtdan haydab chiqarishlari mumkinligini aytdi. Kofir, jinoyatchi qavmga ilohiy daʼvatni yetkazuvchilarga nisbatan doimo shunday muomalada boʻlingani oʻtgan oyatlarda ham aytib oʻtildi.
Ammo Lut alayhissalom ularning doʻqlaridan qoʻrqmadilar.