۞ أَوْفُوا۟ ٱلْكَيْلَ وَلَا تَكُونُوا۟ مِنَ ٱلْمُخْسِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, o`lchovni to`liq o`lchanglar va kamaytirguvchilardan bo`lmanglar.Бас, ўлчовни тўлиқ ўлчанглар ва камайтиргувчилардан бўлманглар.Alauddin Mansour: Oʻlchovni toʻla oʻlchanglar va kamaytirib (tortguvchilardan) boʻlmanglar!Ўлчовни тўла ўлчанглар ва камайтириб (тортгувчилардан) бўлманглар!
Madyan xalqi ichida oldi-sotdi paytida oʻlchovda aldab, birovning haqini urib qolish avj olgan edi. Ularning diyori savdo karvonlari oʻtadigan asosiy markaz boʻlib, u yerda savdo-sotiq rivojlangandi. Jinoyatkor qavm nafaqat tarozi yoki boshqa oʻlchovlarda, balki har qanday muomalada kishilarning haqini urib qolishda ustasi farang edi. Nima qilib boʻlsa ham, osonlik, aldash yoki qoʻpollik yoʻli bilan birovning molini oʻziniki qilib olishga urinar edilar. Shuning uchun ham, Shuayb alayhissalom ularni bu muomalada adolat bilan ish koʻrishga chaqirmoqdalar.