أَوَلَمْ يَكُن لَّهُمْ ءَايَةً أَن يَعْلَمَهُۥ عُلَمَـٰٓؤُا۟ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uni Bani Isroil ulamolarining bilishlari ular uchun dalil emasmi?!Уни Бани Исроил уламоларининг билишлари улар учун далил эмасми?!Alauddin Mansour: Axir (Qurʼon haqida) Bani Isroil olimlari ham bilishlari (Makka mushriklari) uchun (Qurʼon haqiqatan Alloh tomonidan nozil boʻlganiga) oyat-dalil emasmi?!Ахир (Қуръон ҳақида) Бани Исроил олимлари ҳам билишлари (Макка мушриклари) учун (Қуръон ҳақиқатан Аллоҳ томонидан нозил бўлганига) оят-далил эмасми?!
Makka mushriklari ahli kitoblarning ulamolariga, xususan, Bani Isroil olimlariga koʻp narsalarni biladigan shaxslar deb qarashar, baʼzida ularning aytgan gaplarini oʻzlari uchun hujjat, dalil sifatida qabul qilishar edi. Ammo Abdulloh ibn Salomga oʻxshash Bani Isroil ulamolari Qurʼoni Karim va Muhammad sollallohu alayhi vasallamning zikrlari ularning kitoblarida borligini aytsalar ham, mushriklar qabul qilmadilar. Ushbu oyatda ularning ana shu gumrohliklari inkor etilmoqda.