تَنَزَّلُ عَلَىٰ كُلِّ أَفَّاكٍ أَثِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular o`ta uydirmachi va o`ta gunohkorlarga tushurlar.Улар ўта уйдирмачи ва ўта гуноҳкорларга тушурлар.Alauddin Mansour: Ular barcha gunohga botgan tovlamachilarga tushib;Улар барча гуноҳга ботган товламачиларга тушиб;
Shaytonlar uyalmay yolgʻon gapiradigan, gunohlardan tap tortmaydigan shaxslarga tushadi. Unday kishilar voqelikda mavjud edi. Arab mushriklarining butu sanamlarining mutasaddilari boʻlmish kohinlar bunga misol boʻladi. Ular folbinlik etar, shuningdek, oʻzlariga jinlar xabar keltirishini daʼvo qilar edilar. Jinlar keltirgan bir yolgʻon uydirmaga oʻnni qoʻshib odamlarga yetkazardilar. Shuning uchun, ular oyatda «oʻta uydirmachi, yolgʻonchi» deb sifatlanmoqda. Ayni choqda, oʻsha kohinlar oʻz manfaatlari yoʻlida hech qanday gunohdan qaytmas edilar. Shuning uchun ham, ular oyatda «oʻta gunohkorlar» deb vasf qilinmoqda.