فَأَلْقَىٰ عَصَاهُ فَإِذَا هِىَ ثُعْبَانٌ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, u (Muso) asosini tashladi. Banogoh u aniq ajdarga aylandi.Бас, у (Мусо) асосини ташлади. Баногоҳ у аниқ аждарга айланди.Alauddin Mansour: Shunda (Muso) asosini tashlagan edi, banogoh u rostakam ajdarga aylandi.Шунда (Мусо) асосини ташлаган эди, баногоҳ у ростакам аждарга айланди.
Oyat matnidagi iboralar asoning chindan ham ajdarga aylanganini, qoʻl esa, chindan ham koʻrgan odam havas qiladigan darajada oppoq boʻlganini ifoda etadi. Bu ikki narsa Muso alayhissalomning haqiqiy Paygʻambar ekanliklarini tasdiqlovchi moʻʼjizalar edi. Oʻsha paytda Misrda sehrgarlik avj olgan boʻlib, usta sehrgarlar odamlarga turli sehr koʻrsatar edilar. Muso alayhissalomning koʻrsatgan narsalari sehr emas, ilohiy moʻʼjiza, haqiqat edi.
Muso alayhissalom keltirgan moʻʼjizani koʻrib Firʼavn tashvishga tushdi. Hozirgina Muso alayhissalomni majnun deb turganini ham unutib, boshqacha baho berishga oʻtdi: