وَنَزَعَ يَدَهُۥ فَإِذَا هِىَ بَيْضَآءُ لِلنَّـٰظِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va qo`lini chiqardi. Banogoh u nazar qilguvchilarga oppoq ko`rindi.Ва қўлини чиқарди. Баногоҳ у назар қилгувчиларга оппоқ кўринди.Alauddin Mansour: Keyin qoʻlini (choʻntagidan) chiqargan edi, banogoh u qarab turganlarga (kundan ham) oq boʻlib koʻrindi, (holbuki, Muso oʻzi qoramagʻiz odam edi).Кейин қўлини (чўнтагидан) чиқарган эди, баногоҳ у қараб турганларга (кундан ҳам) оқ бўлиб кўринди, (ҳолбуки, Мусо ўзи қорамағиз одам эди).
Oyat matnidagi iboralar asoning chindan ham ajdarga aylanganini, qoʻl esa, chindan ham koʻrgan odam havas qiladigan darajada oppoq boʻlganini ifoda etadi. Bu ikki narsa Muso alayhissalomning haqiqiy Paygʻambar ekanliklarini tasdiqlovchi moʻʼjizalar edi. Oʻsha paytda Misrda sehrgarlik avj olgan boʻlib, usta sehrgarlar odamlarga turli sehr koʻrsatar edilar. Muso alayhissalomning koʻrsatgan narsalari sehr emas, ilohiy moʻʼjiza, haqiqat edi.
Muso alayhissalom keltirgan moʻʼjizani koʻrib Firʼavn tashvishga tushdi. Hozirgina Muso alayhissalomni majnun deb turganini ham unutib, boshqacha baho berishga oʻtdi: