قَالَ لِلْمَلَإِ حَوْلَهُۥٓ إِنَّ هَـٰذَا لَسَـٰحِرٌ عَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U (Fir'avn) atrofidagi a'yonlariga: «Albatta, bu o`ta bilimdon sehrgardir.У (Фиръавн) атрофидаги аъёнларига: «Албатта, бу ўта билимдон сеҳргардир.Alauddin Mansour: (Firʼavn) atrofidagi odamlarga: «Shubhasiz, bu (Muso) oʻtkir sehrgardir.(Фиръавн) атрофидаги одамларга: «Шубҳасиз, бу (Мусо) ўткир сеҳргардир.
Ilohiy daʼvatga qarshi chiqqan tugʻyonkorlar niyatlarini amalga oshirishda doimo atrofidagi aʼyonlarni ishga soladilar. Togʻutning ishorasiga, koʻz boqishiga, bir ogʻiz soʻziga mahtal aʼyonlar uning fikrini oldindan uqib olishga, buyruqni uning xohlaganidan ham oʻtkazibroq ado etishga shay turadilar. Sallani olib kel, desalar, kallani olib keladilar. Muso alayhissalomni jinni deb koʻpchilikka eʼlon qilgan Firʼavn moʻʼjizalarni koʻrgandan keyin aʼyonlariga u kishini «oʻta bilimdon sehrgar» deb taʼrifladi. Ularning jamiyatida sehrgarlar hurmat-eʼtiborli boʻlishlariga qaramay, aʼyonlarini u kishidan qoʻrqitishga urinib: