QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят35

يُرِيدُ أَن يُخْرِجَكُم مِّنْ أَرْضِكُم بِسِحْرِهِۦ فَمَاذَا تَأْمُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U o`z sehri bilan sizlarni yeringizdan chiqarmoqchi, nima deysizlar?» dedi.У ўз сеҳри билан сизларни ерингиздан чиқармоқчи, нима дейсизлар?» деди.Alauddin Mansour: U oʻz sehri bilan sizlarni oʻz yerlaringizdan chiqarmoqchi, nima deysizlar?», dedi.У ўз сеҳри билан сизларни ўз ерларингиздан чиқармоқчи, нима дейсизлар?», деди.

368-sahifa · 19-juz · 37-hizb368-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يُرِيدُistaydiистайдиأَن-moqchi-моқчиيُخْرِجَكُمsizlarni chiqarmoqchiсизларни чиқармоқчиمِّنْ-dan-данأَرْضِكُمyeringizdanерингизданبِسِحْرِهِۦoʻz sehri bilanўз сеҳри биланفَمَاذَاbas, nimaбас, нимаتَأْمُرُونَdeysizlarдейсизлар
TafsirТафсир

Bu ham Xudoning diniga qarshi chiqqan, Allohning yoʻlidagi daʼvatchilarni oʻziga dushman bilgan tugʻyonkorlarning doimiy gaplaridan biri. Atrofidagi gumashtalariga va sodda xalqqa daʼvatchini xavfli qilib koʻrsatadi hamda ularni undan qoʻrqitadi. U sizlarni yerlaringizdan haydab chiqarib, mansab, imtiyoz va imkoniyatlaringizni tortib olmoqchi, deb ularning koʻngliga vahima soladi. Gohida, ushbu oyati karimada kelganidek, qoʻrqita turib:

«Nima deysizlar?» deb atrofidagilarni oʻylantirib ham qoʻyadi. Zotan, tugʻyonkor ularning oʻziga yordamchi boʻlishlarini yaxshi biladi. Ular, agar maslahat bersalar ham, togʻutning xohishidan boshqa gapni aytishmaydi.

Ammo Firʼavn:

«Nima deysizlar?» deyish bilan gumashtalarini oʻz sadoqatlarini koʻrsatishga undashni koʻzlagan edi.

Bu safar ham shunday boʻldi. Firʼavn Muso alayhissalomni sehrgar deganini gumashtalar ilib oldilar va «xoʻjayin»ning oʻtkir sehrgarlari borligini bilganlaridan, shoyad, Muso magʻlub boʻlsa, deb sehr musobaqasi oʻtkazishni taklif qildilar.