وَٱلَّذِىٓ أَطْمَعُ أَن يَغْفِرَ لِى خَطِيٓـَٔتِى يَوْمَ ٱلدِّينِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va mening xatoimni qiyomat kuni mag`firat qilishidan umidvor bo`lganim ham Uning O`zi.Ва менинг хатоимни қиёмат куни мағфират қилишидан умидвор бўлганим ҳам Унинг Ўзи.Alauddin Mansour: U jazo (Qiyomat) kunida mening xato-gunohlarimni magʻfirat etishini umid qilurman.У жазо (Қиёмат) кунида менинг хато-гуноҳларимни мағфират этишини умид қилурман.
Chunki, u kunda Robbul olamiyndan oʻzga hukmdor boʻlmaydi. Faqat Uning Oʻzigina hukm chiqaradi. Bandalarni magʻfirat qilish ham faqat uning ixtiyorida boʻladi.
Demak, mushriklarning iltijoni eshita olmaydigan, foyda yoki zarar keltira olmaydigan sanamlaridan farqli oʻlaroq, Robbul olamiyn hamma narsaga qodirdir. U odamlarni va boshqa narsalarni yoʻqdan bor qilib yaratadi, hidoyatga soladi, taomlantiradi, suv beradi, davolaydi, oʻldiradi, qayta tiriltiradi, qiyomat kuni magʻfirat qiladi.
Shuning uchun, sanamlardan voz kechib, Robbul olamiynga ibodat qilish kerak. Faqat Uning Oʻziga iltijo etish lozim.
Bu ishda Ibrohim alayhissalom oʻrnak koʻrsatdilar. Ul zot mushriklarga Alloh taoloning sifatlarini aytib boʻlganlaridan keyin Robbilariga duo qila boshladilar: