QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят12

وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّبِعُوا۟ سَبِيلَنَا وَلْنَحْمِلْ خَطَـٰيَـٰكُمْ وَمَا هُم بِحَـٰمِلِينَ مِنْ خَطَـٰيَـٰهُم مِّن شَىْءٍ ۖ إِنَّهُمْ لَكَـٰذِبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Bizning yo`limizga ergashinglar, xatolaringizni biz ko`taraylik», derlar. Holbuki, ular alarning xatolaridan hech bir narsani ko`targuvchi emaslar. Albatta, ular yolg`onchilardir.Ва куфр келтирганлар иймон келтирганларга: «Бизнинг йўлимизга эргашинглар, хатоларингизни биз кўтарайлик», дерлар. Ҳолбуки, улар аларнинг хатоларидан ҳеч бир нарсани кўтаргувчи эмаслар. Албатта, улар ёлғончилардир.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar iymon keltirgan zotlarga: «Sizlar bizlarning yoʻlimizga ergashinglar, gunohlaringizni bizlar koʻtarurmiz», dedilar. Holbuki, ular (moʻminlarning) gunohlaridan biron narsani koʻtara olguvchi emasdirlar. Albatta ular yolgʻonchidirlar.Кофир бўлган кимсалар иймон келтирган зотларга: «Сизлар бизларнинг йўлимизга эргашинглар, гуноҳларингизни бизлар кўтарурмиз», дедилар. Ҳолбуки, улар (мўминларнинг) гуноҳларидан бирон нарсани кўтара олгувчи эмасдирлар. Албатта улар ёлғончидирлар.

397-sahifa · 20-juz · 40-hizb397-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva dedilarва дедиларٱلَّذِينَkimlarkiкимларкиكَفَرُوا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларلِلَّذِينَkimlargakiкимларгакиءَامَنُوا۟iymon keltirganlargaиймон келтирганларгаٱتَّبِعُوا۟ergashinglarэргашингларسَبِيلَنَاbizning yoʻlimizgaбизнинг йўлимизгаوَلْنَحْمِلْva biz koʻtaraylikва биз кўтарайликخَطَـٰيَـٰكُمْxatolaringizniхатоларингизниوَمَاva emasва эмасهُمularуларبِحَـٰمِلِينَkoʻtarguvchiкўтаргувчиمِنْ-dan-данخَطَـٰيَـٰهُمularning xatolariуларнинг хатолариمِّنhech birҳеч бирشَىْءٍ ۖnarsaniнарсаниإِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларلَكَـٰذِبُونَyolgʻonchilardirёлғончилардир
TafsirТафсир

Kofirlar doimo igʻvolari bilan moʻminlarni toʻgʻri yoʻldan urib, oʻz yoʻrigʻlariga solish payida boʻladilar. Albatta, moʻminlar ularning yoʻrigʻi xato ekanini, gunoh boʻlishini aytib, bosh tortadilar. Ana shunda kofirlar igʻvoning choʻqqisiga chiqib, yana ham qattiqroq tashviqot qilishga oʻtadilar.

«Va kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Bizning yoʻlimizga ergashinglar, xatolaringizni biz koʻtaraylik», derlar.»

Yaʼni, kofirlar moʻminlarga: sizlar bizning yoʻlimizga ergashaveringlar, agar shu yoʻl xato boʻlib, unga gunoh beriladigan boʻlsa, oʻsha xato va gunohni siz emas, biz koʻtaramiz, deydilar. Bunga oʻxshash gapni avvalgi kofirlar ham aytganlar, hozirgi kofirlar ham aytadilar. Lekin bu gaplarida mantiq bormi oʻzi? Ular boshqa kishilarning xatolarini koʻtarish imkoniga egamilar?

«Holbuki, ular alarning xatolaridan hech bir narsani koʻtarguvchi emaslar.»

Ha, kofirlar moʻminlarning hamma xatolarini tugul, loaqal birortasini ham koʻtarishga qodir emaslar. Ular birovning xatosini koʻtarish oʻrniga, oʻz xatolarini eplab tursinlar. Kofirlarga birovning xatosini koʻtarishni kim qoʻyibdi.

«Albatta, ular yolgʻonchilardir.»

Kofirlar moʻminlarni yoʻldan urib, orqalaridan ergashtirish uchun har qanday yolgʻondan qaytmaydilar. Albatta, ular bu qilmishlari uchun javob berishlari turgan gap.