وَلَيَحْمِلُنَّ أَثْقَالَهُمْ وَأَثْقَالًا مَّعَ أَثْقَالِهِمْ ۖ وَلَيُسْـَٔلُنَّ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ عَمَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, ular o`z yuklarini ham, u yuklar bilan birga boshqa yuklarni ham ko`tarurlar. Albatta, qiyomat kunida uydirib yurgan narsalari haqida so`ralurlar.Албатта, улар ўз юкларини ҳам, у юклар билан бирга бошқа юкларни ҳам кўтарурлар. Албатта, қиёмат кунида уйдириб юрган нарсалари ҳақида сўралурлар.Alauddin Mansour: Albatta ular oʻzlarining yuk-gunohlarini ham, u yuklari bilan birga (boshqa) yuklarni ham koʻtarurlar va albatta Qiyomat Kunida oʻzlari toʻqib olgan (yolgʻonlari) toʻgʻrisida soʻralurlar.Албатта улар ўзларининг юк-гуноҳларини ҳам, у юклари билан бирга (бошқа) юкларни ҳам кўтарурлар ва албатта Қиёмат Кунида ўзлари тўқиб олган (ёлғонлари) тўғрисида сўралурлар.
Ushbu oyatdagi «yuk»dan murod gunohdir. Albatta, kofirlar gunohlari yukini koʻtaradilar. Shu bilan birga, oʻz igʻvolari bilan yoʻldan urgan odamlarning gunohlarini ham koʻtaradilar. Ammo bu narsa ularning igʻvosiga uchganlarning gunohini yengillatmaydi, ular ham qilmishlariga yarasha jazolarini tortadilar.
Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Kim adashuvga daʼvat qilsa, unga ergashganlarning gunohi qadar gunoh, zarracha kamaymagan holda, unga ham boʻlur», deganlar.
«Albatta, qiyomat kunida uydirib yurgan narsalari haqida soʻralurlar.»
Har kim qilmishiga yarasha javob beradi.
Kelgusi oyatlarda insoniyat tarixida iymon yoʻlida duch kelingan sinovlardan namunalar keltiriladi: