QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят15

فَأَنجَيْنَـٰهُ وَأَصْحَـٰبَ ٱلسَّفِينَةِ وَجَعَلْنَـٰهَآ ءَايَةً لِّلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Biz u(Nuh)ga va kema sohiblariga najot berdik va u(kema)ni olamlarga oyat-belgi qildik.Бас, Биз у(Нуҳ)га ва кема соҳибларига нажот бердик ва у(кема)ни оламларга оят-белги қилдик.Alauddin Mansour: Soʻng Biz (Nuh)ga va kema(dagi) hamrohlariga najot berdik va (u toʻfon balosini) barcha olamlarga oyat-ibrat qilib qoʻydik.Сўнг Биз (Нуҳ)га ва кема(даги) ҳамроҳларига нажот бердик ва (у тўфон балосини) барча оламларга оят-ибрат қилиб қўйдик.

398-sahifa · 20-juz · 40-hizb398-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَأَنجَيْنَـٰهُbas, unga najot berdikбас, унга нажот бердикوَأَصْحَـٰبَva sohiblarigaва соҳибларигаٱلسَّفِينَةِkemaкемаوَجَعَلْنَـٰهَآva uni qildikва уни қилдикءَايَةًۭoyat-belgiоят-белгиلِّلْعَـٰلَمِينَolamlar uchunоламлар учун
TafsirТафсир

Alloh taolo iymon yoʻlidagi uzoq muddatli sinovdan muvaffaqiyatli oʻtganlari tufayli Nuh alayhissalomni va u kishiga iymon keltirib, najot kemasiga chiqish baxtiga muyassar boʻlgan moʻmin bandalarni toʻfon balosidan qutqardi.

Najot kemasini esa, barcha olamlar uchun oyat-belgi, ibrat qildi. Iymon keltirganlar doimo najot topishiga oʻsha kema dalolat boʻlib qoldi. Barcha xalqlarda balo-ofatlardan qutulish timsoli sifatida oʻsha kema zikr qilinadigan boʻldi.

Keyingi oyatlarda Ibrohim alayhissalom qissasi keltiriladi: