QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят16

وَإِبْرَٰهِيمَ إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ وَٱتَّقُوهُ ۖ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Ibrohimni (yubordik). O`shanda u o`z qavmiga: «Allohga ibodat qilinglar va Unga taqvo qilinglar. Bunday qilishingiz, agar bilsangiz, siz uchun yaxshidir.Ва Иброҳимни (юбордик). Ўшанда у ўз қавмига: «Аллоҳга ибодат қилинглар ва Унга тақво қилинглар. Бундай қилишингиз, агар билсангиз, сиз учун яхшидир.Alauddin Mansour: Ibrohimni (eslang) — u oʻz qavmiga degan edi: «Allohga ibodat qilinglar va Undan qoʻrqinglar! Agar bilguvchi boʻlsangizlar, mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir.Иброҳимни (эсланг) — у ўз қавмига деган эди: «Аллоҳга ибодат қилинглар ва Ундан қўрқинглар! Агар билгувчи бўлсангизлар, мана шу сизлар учун яхшироқдир.

398-sahifa · 20-juz · 40-hizb398-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِبْرَٰهِيمَva Ibrohimni (yubordik)ва Иброҳимни (юбордик)إِذْoʻshandaўшандаقَالَdediдедиلِقَوْمِهِoʻz qavmigaўз қавмигаٱعْبُدُوا۟ibodat qilinglarибодат қилингларٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَٱتَّقُوهُ ۖva Unga taqvo qilinglarва Унга тақво қилингларذَٰلِكُمْbunday qilishingizбундай қилишингизخَيْرٌۭyaxshidirяхшидирلَّكُمْsiz uchunсиз учунإِنagarагарكُنتُمْboʻlsangizбўлсангизتَعْلَمُونَbiladiganбиладиган
TafsirТафсир

Alloh taolo ushbu oyatda Ibrohim alayhissalomni ham Paygʻambar etib yuborganini aytib, soʻngra u zot qavmlarini qanday daʼvat etganlarini quyidagicha vasf qilyapti:

«Oʻshanda u oʻz qavmiga: «Allohga ibodat qilinglar va Unga taqvo qilinglar...»

Yaʼni, Ibrohim alayhissalom qavmlariga ilohiy daʼvatni juda sodda qilib tushuntirdilar. Allohga ibodat qilinglar, boshqaga emas, Allohdan qoʻrqinglar, boshqadan emas, dedilar. Demak, qiladigan har bir ishingiz Allohning roziligini topish uchun boʻlsin. Har lahzada Allohga taqvo qilib turing. Ana shunda maqsadga erishasiz.

«Bunday qilishingiz, agar bilsangiz, siz uchun yaxshidir.»

Yaʼni, Allohga ibodat va Unga taqvo qilishingiz oʻzingiz uchun yaxshidir, Alloh uchun, Paygʻambar uchun yoki boshqa birov uchun emas.

Ibrohim alayhissalom soʻzlarida davom etib, yana shularni taʼkidladilar: