QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят17

إِنَّمَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَوْثَـٰنًا وَتَخْلُقُونَ إِفْكًا ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَا يَمْلِكُونَ لَكُمْ رِزْقًا فَٱبْتَغُوا۟ عِندَ ٱللَّهِ ٱلرِّزْقَ وَٱعْبُدُوهُ وَٱشْكُرُوا۟ لَهُۥٓ ۖ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, sizlar Allohni qo`yib, butlarga ibodat qilmoqdasiz va uydirmalar to`qimoqdasiz, xolos. Albatta, Allohdan o`zga ibodat qilayotgan narsalaringiz sizga rizq berishga molik emaslar. Rizqni Allohning huzuridan istanglar. Unga ibodat va shukr qilinglar. Ungagina qaytarilursiz.Албатта, сизлар Аллоҳни қўйиб, бутларга ибодат қилмоқдасиз ва уйдирмалар тўқимоқдасиз, холос. Албатта, Аллоҳдан ўзга ибодат қилаётган нарсаларингиз сизга ризқ беришга молик эмаслар. Ризқни Аллоҳнинг ҳузуридан истанглар. Унга ибодат ва шукр қилинглар. Унгагина қайтарилурсиз.Alauddin Mansour: Sizlar Allohni qoʻyib faqat butlarga ibodat qilmoqdasizlar va (ularni «xudolar», deb) yolgʻon toʻqimoqdasizlar. Aniqki, sizlar Allohni qoʻyib ibodat qilayotgan narsalar sizlarga rizqu roʻz berishga qodir emaslar. Bas, (shunday ekan) sizlar rizqni (yolgʻiz) Alloh dargohidan istanglar va Ungagina ibodat qilinglar, Ungagina shukr qilinglar, (zotan), sizlar Ungagina qaytarilursizlar.Сизлар Аллоҳни қўйиб фақат бутларга ибодат қилмоқдасизлар ва (уларни «худолар», деб) ёлғон тўқимоқдасизлар. Аниқки, сизлар Аллоҳни қўйиб ибодат қилаётган нарсалар сизларга ризқу рўз беришга қодир эмаслар. Бас, (шундай экан) сизлар ризқни (ёлғиз) Аллоҳ даргоҳидан истанглар ва Унгагина ибодат қилинглар, Унгагина шукр қилинглар, (зотан), сизлар Унгагина қайтарилурсизлар.

398-sahifa · 20-juz · 40-hizb398-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّمَاalbatta, faqatалбатта, фақатتَعْبُدُونَibodat qilmoqdasizибодат қилмоқдасизمِن-dan-данدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohАллоҳأَوْثَـٰنًۭاbutlargaбутларгаوَتَخْلُقُونَva toʻqimoqdasizва тўқимоқдасизإِفْكًا ۚuydirmalarуйдирмаларإِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَoʻshalarўшаларتَعْبُدُونَsiz ibodat qilayotganсиз ибодат қилаётганمِن-dan-данدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohАллоҳلَاemasэмасيَمْلِكُونَmolik boʻlurlarмолик бўлурларلَكُمْsizgaсизгаرِزْقًۭاrizq berishgaризқ беришгаفَٱبْتَغُوا۟bas, istanglarбас, истангларعِندَhuzuridanҳузуриданٱللَّهِAllohningАллоҳнингٱلرِّزْقَrizqniризқниوَٱعْبُدُوهُva Unga ibodat qilinglarва Унга ибодат қилингларوَٱشْكُرُوا۟va shukr qilinglarва шукр қилингларلَهُۥٓ ۖUngaУнгаإِلَيْهِUngaginaУнгагинаتُرْجَعُونَqaytarilursizқайтарилурсиз
TafsirТафсир

Ibrohim alayhissalom qavmlariga ularning qilayotgan amallari notoʻgʻri ekanini bayon etib:

«Albatta, sizlar Allohni qoʻyib, butlarga ibodat qilmoqdasiz va uydirmalar toʻqimoqdasiz, xolos», dedilar.

Yaʼni, sizlarning qilayotgan ishingizda ikkita xato bor: birinchisi, Allohni qoʻyib, butlarga ibodat qilish boʻlsa, ikkinchisi, uydirma toʻqish.

«Butlar» deb tarjima qilingan soʻz oyatda «avsan» deb kelgan. Uning birligi «vasan» boʻlib, yogʻochdan yoʻnib ishlangan haykalga aytiladi. Insonning oʻz qoʻli bilan yogʻochdan yoʻnib ishlagan jonsiz haykalga ibodat qilishi oʻtaketgan aqlsizlikdan boshqa narsa emas. Ammo butparastlar ushbu amallarini oqlash uchun turli yolgʻonlarni uydirib, oʻzlaricha falsafa ijod qiladilar. Ibrohim alayhissalom ularning ibodati ham, uydirmasi ham asossiz ekanini bayon etish bilan birga:

«Allohdan oʻzga ibodat qilayotgan narsalaringiz sizga rizq berishga molik emaslar», deb soxta xudolari bu jihatdan ham ojiz ekanini tushuntirmoqdalar.

Jonsiz narsa, oʻzlari yogʻochdan oʻyib ishlagan haykal qanday qilib ularga rizq bersin?! Oʻziga ibodat etayotganlarga rizq berolmaydigan «xudo» qanday qilib xudo boʻla oladi?! Ha, rizqni faqat Alloh taologina bera oladi.

«Rizqni Allohning huzuridan istanglar.»

Faqat Uning Oʻzigina sizlarga rizq bera oladi. Shuning uchun ham, faqat Uning Oʻzigina ibodatga sazovordir.

«Unga ibodat va shukr qilinglar.»

Alloh taoloning rizq beruvchiligining oʻziyoq Unga ibodat va shukr qilishni taqozo etadi. Ikkinchi tomondan, qiyomatda:

«Ungagina qaytarilursiz».

Hisob-kitobni Uning Oʻzigina qilur. Shuning uchun ham, yolgʻiz Uning Oʻzigagina ibodat qilish darkor.

Har bir odam ushbu haqiqatni yaxshilab oʻylab koʻrishi lozim. Ibrohim alayhissalom ham ushbu gaplarni qavmlariga aytib boʻlgach, ortidan ularni ogohlantirib qoʻydilar: