QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят18

وَإِن تُكَذِّبُوا۟ فَقَدْ كَذَّبَ أُمَمٌ مِّن قَبْلِكُمْ ۖ وَمَا عَلَى ٱلرَّسُولِ إِلَّا ٱلْبَلَـٰغُ ٱلْمُبِينُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar sizlar yolg`onchi qilsangiz, bas, sizdan oldingi ummatlar ham yolg`onchi qilganlar. Payg`ambar zimmasida ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yo`q», dedi.Агар сизлар ёлғончи қилсангиз, бас, сиздан олдинги умматлар ҳам ёлғончи қилганлар. Пайғамбар зиммасида очиқ-ойдин етказишдан бошқа нарса йўқ», деди.Alauddin Mansour: Agar sizlar (meni) yolgʻonchi qilsangizlar, bas, sizlardan avvalgi ummatlar ham (oʻz paygʻambarlarini) yolgʻonchi qilgandirlar. Paygʻambar zimmasida esa faqat (Alloh farmonini bandalarga) ochiq-ravshan yetkazishgina bordir».Агар сизлар (мени) ёлғончи қилсангизлар, бас, сизлардан аввалги умматлар ҳам (ўз пайғамбарларини) ёлғончи қилгандирлар. Пайғамбар зиммасида эса фақат (Аллоҳ фармонини бандаларга) очиқ-равшан етказишгина бордир».

398-sahifa · 20-juz · 40-hizb398-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنva agarва агарتُكَذِّبُوا۟yolgʻonchi qilsangizёлғончи қилсангизفَقَدْbas, batahqiqбас, батаҳқиқكَذَّبَyolgʻonchi qilganlarёлғончи қилганларأُمَمٌۭummatlarумматларمِّن-dan-данقَبْلِكُمْ ۖsizdan oldingiсиздан олдингиوَمَاva yoʻqва йўқعَلَىzimmasidaзиммасидаٱلرَّسُولِPaygʻambarПайғамбарإِلَّاboshqa narsaбошқа нарсаٱلْبَلَـٰغُyetkazishdanетказишданٱلْمُبِينُochiq-oydinочиқ-ойдин
TafsirТафсир

Yaʼni, ey qavmim, agar sizlar meni yolgʻonchi deydigan boʻlsangiz, ajablanarli joyi yoʻq buning, chunki sizdan oldin oʻtgan qavmlar ham Paygʻambarlarini yolgʻonchi qilib kelganlar. Bu oddiy bir hol. Siz Paygʻambaringizni yolgʻonchiga chiqarishingiz bilan katta bir yangilik yaratgan boʻlmaysiz, oʻzingizdan oldingi kofir qavmlarning amalini takrorlagan boʻlasiz, xolos. Menga sizning kufringiz toʻsiq boʻla olmaydi. Chunki, men Allohning Paygʻambariman, Paygʻambar zimmasida esa, Allohning amrini odamlarga ochiq-oydin yetkazishdan boshqa vazifa yoʻq.

Kelgusi oyatda har bir kofirga xitob qilinadi: