أَوَلَمْ يَرَوْا۟ كَيْفَ يُبْدِئُ ٱللَّهُ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥٓ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh maxluqni avval boshdan qanday yaratishini, so`ngra uni yana qaytarishini ko`rmaydilarmi?! Albatta, bu Alloh uchun osondir.Аллоҳ махлуқни аввал бошдан қандай яратишини, сўнгра уни яна қайтаришини кўрмайдиларми?! Албатта, бу Аллоҳ учун осондир.Alauddin Mansour: Axir ular dastavval Alloh qanday qilib (yoʻqdan) yaratishini koʻrmadilarmi?! Soʻngra (Qiyomat Kunida esa) U oʻsha (avval yoʻqdan bor qilgan narsasi)ni qaytarur. Albatta bu Allohga osondir.Ахир улар даставвал Аллоҳ қандай қилиб (йўқдан) яратишини кўрмадиларми?! Сўнгра (Қиёмат Кунида эса) У ўша (аввал йўқдан бор қилган нарсаси)ни қайтарур. Албатта бу Аллоҳга осондир.
Har lahzada Alloh taolo turli mavjudotlarni yoʻqdan bor qilayotgani koʻriladi. Dunyoda paydo boʻlayotgan har bir yangi narsani Alloh taolo yaratayotgani aniq. Buni tushunib yetmoq lozim. Oʻsha yangi paydo boʻlayotgan maxluqotlardan, mavjudotlardan eng kichigini, eng soddasini, eng oddiyini ham odamzot yarata olmaydi. Barcha insonlar toʻplanib urinsalar ham, bu ishning uddasidan chiqa olmaydilar. Bu ham tajribadan oʻtgan haqiqat. Inson endi shu haqiqatni tan olishi lozimki, ana oʻsha barcha maxluqotlarni yoʻqdan bor qilgan Zotga ularni qiyomatda yana qayta tiriltirish juda ham oson. Chunki, yoʻqdan bor qilgan Zotga borni qaytarish hech gap emas.
«Albatta, bu Alloh uchun osondir.»
Bu haqiqatni ham har bir inson anglab yetmogʻi lozim. Agar anglab yetmagan boʻlsanglar: