قُلْ سِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَٱنظُرُوا۟ كَيْفَ بَدَأَ ٱلْخَلْقَ ۚ ثُمَّ ٱللَّهُ يُنشِئُ ٱلنَّشْأَةَ ٱلْـَٔاخِرَةَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Er yuzida sayr etib yuringlar va maxluqotlarni U zot avval boshdan qanday yaratganiga nazar solinglar. So`ngra Alloh oxirat hayotini paydo qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir», deb ayt.Сен: «Ер юзида сайр этиб юринглар ва махлуқотларни У зот аввал бошдан қандай яратганига назар солинглар. Сўнгра Аллоҳ охират ҳаётини пайдо қилур. Албатта, Аллоҳ ҳар бир нарсага қодирдир», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Yerda aylanib (Alloh) dastavval qanday qilib yaratganini (va soʻng Oʻzi yoʻqdan bor qilgan narsalarni yoʻq qilganini) koʻringlar. Soʻngra Alloh (ularni) ikkinchi (marta) paydo qilur. Albatta Alloh barcha narsaga qodirdir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Ерда айланиб (Аллоҳ) даставвал қандай қилиб яратганини (ва сўнг Ўзи йўқдан бор қилган нарсаларни йўқ қилганини) кўринглар. Сўнгра Аллоҳ (уларни) иккинчи (марта) пайдо қилур. Албатта Аллоҳ барча нарсага қодирдир.
Sayr mulohazali odamga katta manfaatlar keltiradi. Inson yer yuzida kezib yurarkan, atrofiga ibrat bilan nazar solsa, koʻplab ajoyibotlarni koʻradi. Jumladan, inson oʻzi yashab turgan joyda koʻziga oʻrnashib qolgan manzaralarni tark etib, yer yuzini bir kezib chiqsa, zehni charxlanib, yangilanib, Alloh maxluqotlarni avval boshda qanday yaratishini ham osonlik bilan anglab oladi. Ha, ibrat nazarini ishga solgan insonlar bu haqiqatni darhol payqaydilar. Buni payqagan odam Alloh taolo oxiratda, qiyomat kunida maxluqotlarni yana qayta paydo qilishiga hech shubhalanmaydigan boʻladi. Chunki:
«Alloh har bir narsaga qodirdir».
Oʻsha, har bir narsaga qodir Zot: