وَلَمَّا جَآءَتْ رُسُلُنَآ إِبْرَٰهِيمَ بِٱلْبُشْرَىٰ قَالُوٓا۟ إِنَّا مُهْلِكُوٓا۟ أَهْلِ هَـٰذِهِ ٱلْقَرْيَةِ ۖ إِنَّ أَهْلَهَا كَانُوا۟ ظَـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bizning elchilarimiz Ibrohimga xushxabarni keltirishganida: «Albatta, biz ushbu shahar ahlini halok qilguvchidirmiz. Albatta, uning ahli zulm qilguvchilardan bo`ldilar», dedilar.Бизнинг элчиларимиз Иброҳимга хушхабарни келтиришганида: «Албатта, биз ушбу шаҳар аҳлини ҳалок қилгувчидирмиз. Албатта, унинг аҳли зулм қилгувчилардан бўлдилар», дедилар.Alauddin Mansour: Qachonki Bizning elchilarimiz (yaʼni, farishtalar) Ibrohimga (farzand koʻrishi haqidagi) xushxabarni keltirishgach, aytdilar: «Albatta bizlar mana shu qishloq ahlini halok qilguvchidirmiz. Chunki uning ahli zolim — kofir boʻldilar».Қачонки Бизнинг элчиларимиз (яъни, фаришталар) Иброҳимга (фарзанд кўриши ҳақидаги) хушхабарни келтиришгач, айтдилар: «Албатта бизлар мана шу қишлоқ аҳлини ҳалок қилгувчидирмиз. Чунки унинг аҳли золим — кофир бўлдилар».
Ibrohim alayhissalom bilan farishtalar orasida boʻlib oʻtgan suhbat tafsiloti boshqa suralarda kelgan. Bu yerda esa, siyoqqa mos jihatlarigina keltiriladi. Lut alayhissalom Allohdan nusrat soʻrab, duo qilgan edilar. Ul zotning duosini Alloh taolo ijobat qilganini ushbu oyatdan bilmoqdamiz.
Farishtalar Ibrohim alayhissalomga:
«Albatta, biz ushbu shahar ahlini halok qilguvchidirmiz», dedilar.
Yaʼni, Lut qavmi istiqomat qiladigan Sadum shahrini halok etamiz. Buning sababi uning ahli zulm qiluvchi boʻlganlaridir.
«Albatta, uning ahli zulm qilguvchilardan boʻldilar», dedilar.»
Ha, Alloh yoʻllagan Paygʻambarning gapiga kirmay, gunoh qilishda bardavom boʻlishdan ham katta zulm bormi oʻzi?!
Jiyani Lut yashab turgan shaharning halok etilishi haqidagi xabarni eshitgan Ibrohim alayhissalom darhol savol berdilar.