قَالَ إِنَّ فِيهَا لُوطًا ۚ قَالُوا۟ نَحْنُ أَعْلَمُ بِمَن فِيهَا ۖ لَنُنَجِّيَنَّهُۥ وَأَهْلَهُۥٓ إِلَّا ٱمْرَأَتَهُۥ كَانَتْ مِنَ ٱلْغَـٰبِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Unda Lut bor-ku?!» dedi. Ular: «Biz unda kim borligini yaxshi bilurmiz. Biz, albatta, unga va uning ahliga najot berurmiz. Magar, uning xotini halok bo`lguvchilardan bo`lgandir», dedilar.У: «Унда Лут бор-ку?!» деди. Улар: «Биз унда ким борлигини яхши билурмиз. Биз, албатта, унга ва унинг аҳлига нажот берурмиз. Магар, унинг хотини ҳалок бўлгувчилардан бўлгандир», дедилар.Alauddin Mansour: (Ibrohim): «Axir u joyda Lut bor-ku?», dedi. Ular aytdilar: «Bizlar U joyda kim borligini yaxshiroh bilguvchidirmiz. Albatta bizlar (Lutni) va uning ahli-oilasini qutqarurmiz. Magar uning xotini (najot topmas, chunki u) qolib halok boʻlguvchilardan edi.(Иброҳим): «Ахир у жойда Лут бор-ку?», деди. Улар айтдилар: «Бизлар У жойда ким борлигини яхшироҳ билгувчидирмиз. Албатта бизлар (Лутни) ва унинг аҳли-оиласини қутқарурмиз. Магар унинг хотини (нажот топмас, чунки у) қолиб ҳалок бўлгувчилардан эди.
Ibrohim alayhissalom butunlay halokatga uchrashi lozim boʻlgan shaharda Lut alayhissalom borligini eslatib, sizlarga baribirmi, halok qilaverasizlarmi, degan maʼnoda farishtalardan:
«Unda Lut bor-ku?!» dedi.
Bu gapda savol aralash eʼtiroz bor edi. Farishtalar buni toʻla tushungan holda qoniqarli javob berdilar:
«Ular: «Biz unda kim borligini yaxshi bilurmiz. Biz, albatta, unga va uning ahliga najot berurmiz», dedilar.
Yaʼni, oʻsha Sadum shahrida kim borligini yaxshi bilamiz. Jumladan, Lut borligini ham yaxshi bilamiz. Ey Ibrohim, sen uni oʻylab, bezovta boʻlma, biz, albatta, unga, yaʼni, Lutga va uning ahliga, yaʼni, unga iymon keltirganlarga halokatdan najot beramiz.
«Magar, uning xotini halok boʻlguvchilardan boʻlgandir», dedilar.»
Chunki, u xotin jinoyatchi qavmning yonini olardi, ularning jinoyatlarini inkor etmasdi.
Ibrohim alayhissalom bilan boʻlgan suhbatdan soʻng farishtalar Lut alayhissalom tomon joʻnab ketdilar.