QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят33

وَلَمَّآ أَن جَآءَتْ رُسُلُنَا لُوطًا سِىٓءَ بِهِمْ وَضَاقَ بِهِمْ ذَرْعًا وَقَالُوا۟ لَا تَخَفْ وَلَا تَحْزَنْ ۖ إِنَّا مُنَجُّوكَ وَأَهْلَكَ إِلَّا ٱمْرَأَتَكَ كَانَتْ مِنَ ٱلْغَـٰبِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Elchilarimiz Lutga kelishganida, u ular sababli mahzun bo`ldi va kelishlaridan yuragi siqildi. Ular: «Sen xavfsirama va mahzun ham bo`lma, albatta, biz seni va ahlingni qutqarguvchilarmiz. Magar, xotining halok bo`lguvchilardan bo`lgandir.Элчиларимиз Лутга келишганида, у улар сабабли маҳзун бўлди ва келишларидан юраги сиқилди. Улар: «Сен хавфсирама ва маҳзун ҳам бўлма, албатта, биз сени ва аҳлингни қутқаргувчилармиз. Магар, хотининг ҳалок бўлгувчилардан бўлгандир.Alauddin Mansour: Qachonki elchilarimiz Lutning oldiga kelganlarida, u bundan yomon holga tushdi va ularning kelishlaridan yuragi siqildi. Ular dedilar: «Qoʻrqma va gʻamgin boʻlma. Albatta bizlar senga va ahli oilangga najot berguvchilardirmiz. Magar xotining (najot topmas chunki u) qolib halok boʻlguvchilardan edi».Қачонки элчиларимиз Лутнинг олдига келганларида, у бундан ёмон ҳолга тушди ва уларнинг келишларидан юраги сиқилди. Улар дедилар: «Қўрқма ва ғамгин бўлма. Албатта бизлар сенга ва аҳли оилангга нажот бергувчилардирмиз. Магар хотининг (нажот топмас чунки у) қолиб ҳалок бўлгувчилардан эди».

400-sahifa · 20-juz · 40-hizb400-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَمَّآva qachonkiва қачонкиأَن-ki-киجَآءَتْkeldilarкелдиларرُسُلُنَاelchilarimizэлчиларимизلُوطًۭاLutgaЛутгаسِىٓءَmahzun boʻldiмаҳзун бўлдиبِهِمْular sababliулар сабаблиوَضَاقَva siqildiва сиқилдиبِهِمْular sababliулар сабаблиذَرْعًۭاyuragiюрагиوَقَالُوا۟va dedilarва дедиларلَاemasэмасتَخَفْxavfsiramaхавфсирамаوَلَاva emasва эмасتَحْزَنْ ۖmahzun boʻlmaмаҳзун бўлмаإِنَّاalbatta, bizалбатта, бизمُنَجُّوكَseni qutqarguvchimizсени қутқаргувчимизوَأَهْلَكَva ahlingniва аҳлингниإِلَّاmagarмагарٱمْرَأَتَكَxotiningхотинингكَانَتْu boʻldiу бўлдиمِنَ-dan-данٱلْغَـٰبِرِينَhalok boʻlguvchilarҳалок бўлгувчилар
TafsirТафсир

Lut alayhissalomning Alloh yuborgan farishtalarni koʻrib xafa boʻlishlariga sabab bor edi. Avvalo, elchi-farishtalar navqiron, husnli yigitlar qiyofasida kelgan edilar. Qolaversa, Lut alayhissalom ularning elchi-farishtalar ekanidan hali-hanuz xabar topmagan edilar. Bunday yosh va chiroyli mehmon yigitlarga jinoyatchi qavm tajovuz qilib, mezbon Lut alayhissalomni sharmanda etishlari mumkin edi. Shu sababli Lut alayhissalom ularni koʻrib mahzun boʻldilar va yuraklari siqildi.

Bu holni sezgan farishtalar u zotga tasalli berib:

«Sen xavfsirama va mahzun ham boʻlma», dedilar.

Ular Lut alayhissalomni xotirjam etib, nima ish qilishlarini aytdilar.

«...albatta, biz seni va ahlingni qutqarguvchilarmiz», dedilar.

Yaʼni, shahar aholisining hammasini halok qilamiz, ammo seni va sening ahlingni halokatdan qutqaramiz.

«Magar, xotining halok boʻlguvchilardan boʻlgandir», dedilar».

Yaʼni, u sening xotining boʻlsa ham, halok qilamiz.

Soʻngra farishtalar soʻzlarida davom etib dedilar: