QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят40

فَكُلًّا أَخَذْنَا بِذَنۢبِهِۦ ۖ فَمِنْهُم مَّنْ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِ حَاصِبًا وَمِنْهُم مَّنْ أَخَذَتْهُ ٱلصَّيْحَةُ وَمِنْهُم مَّنْ خَسَفْنَا بِهِ ٱلْأَرْضَ وَمِنْهُم مَّنْ أَغْرَقْنَا ۚ وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَـٰكِن كَانُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan har birini gunohi tufayli tutdik. Bas, ulardan ba'zilari ustiga tosh yog`dirdik, ba'zilarini qichqiriq ushladi, ba'zilarini yerga yuttirdik va ba'zilarini g`arq qildik. Alloh ularga zulm etguvchi bo`lmadi, lekin ular o`zlariga zulm etdilar.Улардан ҳар бирини гуноҳи туфайли тутдик. Бас, улардан баъзилари устига тош ёғдирдик, баъзиларини қичқириқ ушлади, баъзиларини ерга юттирдик ва баъзиларини ғарқ қилдик. Аллоҳ уларга зулм этгувчи бўлмади, лекин улар ўзларига зулм этдилар.Alauddin Mansour: Biz (ulardan) har birini oʻz gunohi bilan ushladik. Bas, ularning orasida Biz ustiga tosh yogʻdirgan kimsalar ham bordir, ular orasida qichqiriq tutib (halok boʻlgan) kimsalar ham bordir, ular orasida Biz yerga yutdirgan kimsalar ham bordir va ular orasida Biz (suvga) gʻarq qilgan kimsalar ham bordir. Alloh ularga zulm qilguvchi boʻlmadi, lekin ular oʻz jonlariga jabr qilguvchi boʻldilar.Биз (улардан) ҳар бирини ўз гуноҳи билан ушладик. Бас, уларнинг орасида Биз устига тош ёғдирган кимсалар ҳам бордир, улар орасида қичқириқ тутиб (ҳалок бўлган) кимсалар ҳам бордир, улар орасида Биз ерга ютдирган кимсалар ҳам бордир ва улар орасида Биз (сувга) ғарқ қилган кимсалар ҳам бордир. Аллоҳ уларга зулм қилгувчи бўлмади, лекин улар ўз жонларига жабр қилгувчи бўлдилар.

401-sahifa · 20-juz · 40-hizb401-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَكُلًّاbas, har biriniбас, ҳар бириниأَخَذْنَاtutdikтутдикبِذَنۢبِهِۦ ۖgunohi tufayliгуноҳи туфайлиفَمِنْهُمbas, ulardanбас, уларданمَّنْborkiборкиأَرْسَلْنَاyubordikюбордикعَلَيْهِuning ustigaунинг устигаحَاصِبًۭاtosh yogʻdiruvchi boʻronтош ёғдирувчи бўронوَمِنْهُمva ulardanва уларданمَّنْborkiборкиأَخَذَتْهُuni ushladiуни ушладиٱلصَّيْحَةُqichqiriqқичқириқوَمِنْهُمva ulardanва уларданمَّنْborkiборкиخَسَفْنَاyutdirdikютдирдикبِهِuniуниٱلْأَرْضَyergaергаوَمِنْهُمva ulardanва уларданمَّنْborkiборкиأَغْرَقْنَا ۚgʻarq qildikғарқ қилдикوَمَاva emasва эмасكَانَboʻldiбўлдиٱللَّهُAllohАллоҳلِيَظْلِمَهُمْularga zulm etguvchiуларга зулм этгувчиوَلَـٰكِنlekinлекинكَانُوٓا۟ular edilarулар эдиларأَنفُسَهُمْoʻzlarigaўзларигаيَظْلِمُونَzulm etguvchiзулм этгувчи
TafsirТафсир

Kufr va tugʻyon tufayli iymon va ilohiy taʼlimotlardan chetlanganlarning hammasi, xoh jamoatlar boʻlsin, xoh yakka shaxslar, qilgan gunohlari tufayli Alloh taoloning iqobiga yoʻliqdilar. Bu haqda Alloh taolo:

«Ulardan har birini gunohi tufayli tutdik», deb xabar bermoqda.

Soʻngra, oʻsha gunohkorlarga yuborilgan azoblardan namunalar keltirmoqda.

«Bas, ulardan baʼzilari ustiga tosh yogʻdirdik.»

Od qavmiga shunday azob yuborilgan. Qattiq olovli shamol esib, toshlarni uchirib kelib, ularni halok qilgan.

«Baʼzilarini qichqiriq ushladi.»

Samud qavmiga dahshatli qichqiriq ovozi kelgan, undan qoʻrqib, yuraklari yorilib, tutdek toʻkilganlar.

«Baʼzilarini yerga yuttirdik.»

Misol uchun, Qorunni hovlisi, uy-joylari, boyliklari bilan qoʻshib, yer yutib ketgan.

«...va baʼzilarini gʻarq qildik.»

Firʼavn va uning lashkarlari suvga gʻarq boʻlganlar.

Bular baʼzi misollar, xolos. Lekin dunyo tarixiga nazar solinadigan boʻlsa, har bir gunohkor, kofir, munofiq, tugʻyonga ketgan, Allohning aytganiga yurmagan qavm yoki shaxslar shu dunyoning oʻzidayoq u yoki bu halokatga duchor boʻlganlar. Qiyomat kuni esa, ularning eng buyuk jazoga tortilishlari ham turgan gap. Ularning bunday oqibatlarga yoʻliqishlariga oʻzlari sababchidirlar.

«Alloh ularga zulm etguvchi boʻlmadi, lekin ular oʻzlariga zulm etdilar.»

Bu ishlarda Alloh zarracha zulm qilgani yoʻq. U zot kofir va munofiqlarni ham, tugʻyonga ketib, haddidan oshganlarni ham yoʻqdan bor qildi. Ularga hayot, rizqu roʻz, aql-idrok va boshqa barcha kerakli narsalarni ato etdi. Shu neʼmatlar uchun ham ular bir umr Allohga shukr qilishlari, ibodat etishlari lozim edi. Ammo Alloh u neʼmatlari bilan cheklanmay, yana ularga Paygʻambar yubordi, oʻz taʼlimotlarini joriy qilib, ikki dunyo saodatiga erishish yoʻlini koʻrsatdi. Kofir va munofiqlar esa, mutakabbirlik qilib, Parvardigorlarini tanishdan, Uning haq yoʻliga yurishdan bosh tortdilar. Baʼzilari oʻzlarini Allohning oʻrniga qoʻyib, kishilarni oʻz fikriga, tuzumiga yurishga majbur qildilar, havoyi nafslarining xohishlari ila hayot kechirishga oʻtdilar. Bu bilan esa, oʻzlariga oʻzlari zulm qildilar. Oqibatda, ikki dunyoning azob-uqubatiga giriftor boʻldilar.

Kelgusi oyatda Alloh taoloning yoʻlidan boshqa yoʻlga yurganlarning misoli keltiriladi: