QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят41

مَثَلُ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَوْلِيَآءَ كَمَثَلِ ٱلْعَنكَبُوتِ ٱتَّخَذَتْ بَيْتًا ۖ وَإِنَّ أَوْهَنَ ٱلْبُيُوتِ لَبَيْتُ ٱلْعَنكَبُوتِ ۖ لَوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohni qo`yib, o`zga do`stlar tutganlarning misoli o`ziga uy tutgan o`rgimchakka o`xshaydir. Holbuki, eng zaif uy o`rgimchakning uyasidir. Koshki, bilsalar edi.Аллоҳни қўйиб, ўзга дўстлар тутганларнинг мисоли ўзига уй тутган ўргимчакка ўхшайдир. Ҳолбуки, энг заиф уй ўргимчакнинг уясидир. Кошки, билсалар эди.Alauddin Mansour: Allohdan oʻzga «doʻstlar»ni ushlagan kimsalarning misoli xuddi (oʻzi uchun) uy qurib olib, (oʻsha uyidan panoh istagan) oʻrgimchakka oʻxshaydi. Albatta uylarning eng nimjoni oʻrgimchak uyasidir. Agar ular bilsalar edi, (oʻrgimchak uyasi kabi ojiz butlardan panoh istamagan boʻlur edilar).Аллоҳдан ўзга «дўстлар»ни ушлаган кимсаларнинг мисоли худди (ўзи учун) уй қуриб олиб, (ўша уйидан паноҳ истаган) ўргимчакка ўхшайди. Албатта уйларнинг энг нимжони ўргимчак уясидир. Агар улар билсалар эди, (ўргимчак уяси каби ожиз бутлардан паноҳ истамаган бўлур эдилар).

401-sahifa · 20-juz · 40-hizb401-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَثَلُmisoliмисолиٱلَّذِينَkimlarkiкимларкиٱتَّخَذُوا۟tutganlarтутганларمِنqoʻyibқўйибدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohniАллоҳниأَوْلِيَآءَdoʻstlarniдўстларниكَمَثَلِmisoliga oʻxshaydiмисолига ўхшайдиٱلْعَنكَبُوتِoʻrgimchakўргимчакٱتَّخَذَتْtutganтутганبَيْتًۭا ۖuyуйوَإِنَّva albattaва албаттаأَوْهَنَeng zaifiэнг заифиٱلْبُيُوتِuylarningуйларнингلَبَيْتُalbatta, uyasidirалбатта, уясидирٱلْعَنكَبُوتِ ۖoʻrgimchakningўргимчакнингلَوْkoshkiкошкиكَانُوا۟ularуларيَعْلَمُونَbilsalar ediбилсалар эди
TafsirТафсир

Ilohiy taʼlimotlarni qoʻyib, oʻzgacha yoʻl tanlagan, tuzum qurgan, qonun-qoidalar oʻylab chiqqan qavmlarning va ularning yoʻrigʻiga yurganlarning holi ushbu oyati karimada jonli misol bilan koʻrsatib berilmoqda.

«Allohni qoʻyib, oʻzga doʻstlar tutganlarning misoli oʻziga uy tutgan oʻrgimchakka oʻxshaydir.»

Oʻrgimchak uyi qanday boʻlishini hamma biladi. Oʻsha zaif tolalardan toʻqilgan toʻr ham «uy» deb nomlanadi. Lekin nomigagina uy.

«Holbuki, eng zaif uy oʻrgimchakning uyasidir.»

Hech narsaga dosh bera olmaydi. Hech narsaga arzimaydi.

«Koshki, bilsalar edi.»

Allohdan oʻzganing yoʻlini tutganlar, uning uyidan oʻzga uyda yashashni ixtiyor qilganlar, koshki, oʻzlarining oʻrgimchak uyasida yashashni ixtiyor qilayotganlarini bilsalar edi. Ularning tuzgan tuzumlari xuddi oʻrgimchak uyasiga oʻxshab oʻta nimjon ekanini bilsalar edi. Takabburliklari tufayli, Alloh qurib bergan ulugʻvor qasrni inkor etib, oʻrgimchak uyasida yashashni ixtiyor qilayotganlarini bilsalar edi. Bu haqiqatni biladilarmi, bilmaydilarmi– ularga farqi yoʻq. Ammo: