QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят42

إِنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا يَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ مِن شَىْءٍ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh ular O`zidan boshqa nima narsaga duo qilayotganlarini yaxshi biladir. Va U aziyz va hakiym Zotdir.Албатта, Аллоҳ улар Ўзидан бошқа нима нарсага дуо қилаётганларини яхши биладир. Ва У азийз ва ҳакийм Зотдир.Alauddin Mansour: Shak-shubhasiz, Alloh ular Oʻzini qoʻyib, iltijo qilishayotgan butlarini bilur. U qudrat va hikmat Egasidir.Шак-шубҳасиз, Аллоҳ улар Ўзини қўйиб, илтижо қилишаётган бутларини билур. У қудрат ва ҳикмат Эгасидир.

401-sahifa · 20-juz · 40-hizb401-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳيَعْلَمُyaxshi biladirяхши биладирمَاnima narsagaнима нарсагаيَدْعُونَduo qilayotganlariniдуо қилаётганлариниمِنqoʻyibқўйибدُونِهِۦOʻzidan oʻzgaЎзидан ўзгаمِنhechҳечشَىْءٍۢ ۚnarsaнарсаوَهُوَva Uва Уٱلْعَزِيزُazizdirазиздирٱلْحَكِيمُhakimdirҳакимдир
TafsirТафсир

Ha, Alloh taolo har bir odamning kimga, nimaga iltijo qilayotganini, sigʻinayotganini, qaysi koʻrsatmaga binoan ish yuritayotganini yaxshi biladi. Allohdan boshqaning yoʻliga yurgan odam, u qanday yoʻl boʻlishidan qatʼinazar, oʻrgimchak uyasidek eng nimjon, eng befoyda, eng notoʻgʻri yoʻlga yurgan boʻladi.

«Va U aziz va hakiym zotdir.»

Ha, Alloh taoloning Oʻzigina aziz, barchaning ustidan gʻolib zotdir. Ha, Alloh taoloning Oʻzigina hakiym, har bir ishni hikmat bilan qilguvchi, jumladan, kishilar hayotida kerak boʻladigan taʼlimotlarni ham hikmat ila joriy etguvchi zotdir.