وَتِلْكَ ٱلْأَمْثَـٰلُ نَضْرِبُهَا لِلنَّاسِ ۖ وَمَا يَعْقِلُهَآ إِلَّا ٱلْعَـٰلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ushbu misollarni Biz odamlar uchun keltirurmiz. Lekin ularga olimlardan o`zgalarning aqllari yetmas.Ушбу мисолларни Биз одамлар учун келтирурмиз. Лекин уларга олимлардан ўзгаларнинг ақллари етмас.Alauddin Mansour: Ushbu masallarni Biz odamlar (ibrat olsinlar) uchun ayturmiz. (Lekin) ularni faqat ilm egalarigina anglay olurlar.Ушбу масалларни Биз одамлар (ибрат олсинлар) учун айтурмиз. (Лекин) уларни фақат илм эгаларигина англай олурлар.
Ha, Alloh taolo keltirayotgan misollarni aqlli kishilargina toʻla tushunib yetadilar. Undan oʻzlariga ibrat oladilar. Aqlsizlar esa, bu misollarni tushunish oʻrniga Makka mushriklari kabi: «Muhammadning Robbi pashsha va oʻrgimchakni gapirib yuribdi», deb masxara qiladilar. Aslida, ushbu misollarni keltirgan zot–