خَلَقَ ٱللَّهُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّلْمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh osmonlar va yerni haq ila yaratgandir. Albatta, bunda mo`minlar uchun oyat-belgi bordir.Аллоҳ осмонлар ва ерни ҳақ ила яратгандир. Албатта, бунда мўминлар учун оят-белги бордир.Alauddin Mansour: Alloh osmonlar va Yerni haq (qonun) bilan yaratgandir. Albatta bunda iymon keltirgan kishilar uchun oyat-ibrat bordir.Аллоҳ осмонлар ва Ерни ҳақ (қонун) билан яратгандир. Албатта бунда иймон келтирган кишилар учун оят-ибрат бордир.
Oʻsha pashsha va oʻrgimchakni misol keltirayotgan zot ham Alloh taolo, osmonlaru yerni haq ila yaratgan zot ham Alloh taolodir. Unisini ham, bunisini ham iymon ila tadabbur qilgan inson oʻzi uchun koʻp oyat-belgilar topadi.
Keyingi oyatda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga tasalli berilib, kofirlarning mavqiflariga–oʻzlarini tutishlariga parvo qilmasdan, Allohning aytganlarini sobitqadamlik bilan ado etaverishga chorlanadi: