QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят46

۞ وَلَا تُجَـٰدِلُوٓا۟ أَهْلَ ٱلْكِتَـٰبِ إِلَّا بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ إِلَّا ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مِنْهُمْ ۖ وَقُولُوٓا۟ ءَامَنَّا بِٱلَّذِىٓ أُنزِلَ إِلَيْنَا وَأُنزِلَ إِلَيْكُمْ وَإِلَـٰهُنَا وَإِلَـٰهُكُمْ وَٰحِدٌ وَنَحْنُ لَهُۥ مُسْلِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlar ahli kitoblarning zulm qilganlaridan boshqalari bilan faqat yaxshi uslubda mujodala etinglar va ularga: «Biz o`zimizga nozil qilingan va sizga nozil qilingan narsaga iymon keltirdik, bizning ilohimiz va sizning ilohingiz birdir va biz Unga bo`ysunguvchimiz», denglar.Сизлар аҳли китобларнинг зулм қилганларидан бошқалари билан фақат яхши услубда мужодала этинглар ва уларга: «Биз ўзимизга нозил қилинган ва сизга нозил қилинган нарсага иймон келтирдик, бизнинг илоҳимиз ва сизнинг илоҳингиз бирдир ва биз Унга бўйсунгувчимиз», денглар.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), sizlar ahli kitob bilan faqat eng chiroyli yoʻsinda mujodala-munozara qilinglar, magar ularning orasidagi zulmu-zoʻravonlik qilgan kimsalar bilangina (keskin muomala qilishingiz mumkindir). Va aytinglar: «Bizlar oʻzimizga nozil qilingan (Qurʼon)ga ham sizlarga nozil qilingan (Tavrot va Injil)ga ham iymon keltirganmiz. Bizlarning ilohimiz ham, sizlarning ilohingiz ham Bir (iloh)dir va bizlar Ungagina boʻyinsunguvchimiz».(Эй мўминлар), сизлар аҳли китоб билан фақат энг чиройли йўсинда мужодала-мунозара қилинглар, магар уларнинг орасидаги зулму-зўравонлик қилган кимсалар билангина (кескин муомала қилишингиз мумкиндир). Ва айтинглар: «Бизлар ўзимизга нозил қилинган (Қуръон)га ҳам сизларга нозил қилинган (Таврот ва Инжил)га ҳам иймон келтирганмиз. Бизларнинг илоҳимиз ҳам, сизларнинг илоҳингиз ҳам Бир (илоҳ)дир ва бизлар Унгагина бўйинсунгувчимиз».

402-sahifa · 21-juz · 41-hizb402-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَلَاva emasва эмасتُجَـٰدِلُوٓا۟mujodala etinglarмужодала этингларأَهْلَahliаҳлиٱلْكِتَـٰبِkitoblar bilanкитоблар биланإِلَّاfaqatфақатبِٱلَّتِىu uslub ilaу услуб илаهِىَuуأَحْسَنُyaxshiroqdirяхшироқдирإِلَّاmagarмагарٱلَّذِينَkimsalarкимсаларظَلَمُوا۟zulm qilganзулм қилганمِنْهُمْ ۖulardanуларданوَقُولُوٓا۟va denglarва денгларءَامَنَّاiymon keltirdikиймон келтирдикبِٱلَّذِىٓnarsagaнарсагаأُنزِلَnozil qilinganнозил қилинганإِلَيْنَاbizgaбизгаوَأُنزِلَva nozil qilinganва нозил қилинганإِلَيْكُمْsizgaсизгаوَإِلَـٰهُنَاva bizning ilohimizва бизнинг илоҳимизوَإِلَـٰهُكُمْva sizning ilohingizва сизнинг илоҳингизوَٰحِدٌۭbirdirбирдирوَنَحْنُva bizва бизلَهُۥUngaУнгаمُسْلِمُونَboʻysunguvchimizбўйсунгувчимиз
TafsirТафсир

Ushbu oyatda zulm qilmagan ahli kitoblar bilan yaxshi, goʻzal uslubda bahslashishga amr etilmoqda. Avvalo, zulm qilgan ahli kitoblar kim ekanini ajratib olaylik. Ahli kitoblarning zulm qilganlari xoh yahudiy, xoh nasroniy boʻlsin, oʻzlariga kelgan ilohiy taʼlimotlarni buzib, Allohga shirk keltirgan, sof aqiydani oʻzgartirganlardir. Demak, ular bilan yaxshi uslubda bahslashishga oʻrin yoʻq, chunki ular zolimlardir.

Ammo oʻzlariga kelgan ilohiy taʼlimotlarni buzmay, qanday boʻlsa, oʻshanday eʼtiqod va amal bilan kelayotganlarga nisbatan yaxshi uslub ila muomala qilinadi.

«...va ularga: «Biz oʻzimizga nozil qilingan va sizga nozil qilingan narsaga iymon keltirdik...» deyiladi.

Ha, musulmonlar, avvalo, Alloh taolo tomonidan oʻzlariga nozil qilingan Qurʼonga iymon keltiradilar. Shu bilan birga, oʻzlaridan oldin ahli kitoblarga Alloh nozil etgan Zabur, Tavrot va Injil kabi ilohiy kitoblarga ham iymon keltiradilar. Chunki, Qurʼoni Karim shunga amr etgan. Chunki, Alloh taoloning Oʻzi shunga buyurgan.

Hamma samoviy kitoblarni Alloh taolo nozil qilgan. Ularning barchasiga barobar iymon keltirish har bir musulmon iymonining ajralmas qismidir. Agar bir inson Qurʼonga va boshqa kitoblarga iymon keltira turib, birortasini inkor etsa, moʻmin-musulmon hisoblanmaydi.

«...bizning ilohimiz va sizning ilohingiz birdir...»

Darhaqiqat, ahli zaburga Zaburni nozil qilgan zot ham Alloh taoloning Oʻzi. Yahudiylarga Tavrotni nozil qilgan zot ham Alloh taoloning Oʻzi. Nasorolarga Injilni nozil qilgan zot ham Alloh taoloning Oʻzi. Musulmonlarga Qurʼonni nozil qilgan zot ham Alloh taoloning Oʻzi. Xullas, barcha ilohiy kitoblarni nozil qilgan Zot bir. Demak, ularning barchalarining ilohlari birdir.

«...va biz Unga boʻysunguvchimiz», denglar.»

Yaʼni, biz oʻsha yagona Ilohga taslim boʻlgan musulmonlarmiz. Aslida, qaysi ilohiy kitobga, qaysi Paygʻambarga iymon keltirsa ham, Allohga taslim boʻlgan banda musulmon boʻladi. Agarki, Kitobi oʻzgartirilmagan, eʼtiqodi buzilmagan boʻlsa. Demak, ularning oralarida urish-janjal, talashib-tortishishga oʻrin yoʻq.

Chunki, Alloh taolo qadimdan birin-ketin kitoblar nozil qilib, insoniyatni tarbiyalab kelmoqda. Bir kitobni nozil etib, u bilan maʼlum muddat kishilarni tarbiyalab, u kitobga qoʻyilgan–yuklatilgan vazifa ado qilingach, oʻrniga boshqa yangi kitob tushirib, oldingisini amaldan qoldirib keldi.