وَكَذَٰلِكَ أَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ٱلْكِتَـٰبَ ۚ فَٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَـٰهُمُ ٱلْكِتَـٰبَ يُؤْمِنُونَ بِهِۦ ۖ وَمِنْ هَـٰٓؤُلَآءِ مَن يُؤْمِنُ بِهِۦ ۚ وَمَا يَجْحَدُ بِـَٔايَـٰتِنَآ إِلَّا ٱلْكَـٰفِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana shunday qilib, senga ham kitob nozil qildik. Bas, Biz kitob bergan kimsalar unga iymon keltirurlar. Anavilardan ham unga iymon keltiradiganlari bor. Bizning oyatlarimizni faqat kofirlargina inkor eturlar.Ана шундай қилиб, сенга ҳам китоб нозил қилдик. Бас, Биз китоб берган кимсалар унга иймон келтирурлар. Анавилардан ҳам унга иймон келтирадиганлари бор. Бизнинг оятларимизни фақат кофирларгина инкор этурлар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, Biz sizdan avvalgi paygʻambarlarga kitoblar nozil qilganmiz). Shuningdek, sizga ham Kitob — Qurʼon nozil qildik. Bas, Biz Kitob (yaʼni, Tavrot va Injil) ato etgan zotlar unga (yaʼni, Qurʼonga) iymon keltirurlar. Ana u (Makka ahli orasida ham) unga iymon keltiradigan kishilar bordir. Bizning oyatlarimizni faqat kofirlargina inkor qilur.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, Биз сиздан аввалги пайғамбарларга китоблар нозил қилганмиз). Шунингдек, сизга ҳам Китоб — Қуръон нозил қилдик. Бас, Биз Китоб (яъни, Таврот ва Инжил) ато этган зотлар унга (яъни, Қуръонга) иймон келтирурлар. Ана у (Макка аҳли орасида ҳам) унга иймон келтирадиган кишилар бордир. Бизнинг оятларимизни фақат кофирларгина инкор қилур.
Ushbu oyat Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga qaratilgandir. Alloh taolo u zotga:
«Ana shunday qilib, senga ham kitob nozil qildik», demoqda.
Yaʼni, avvaldan birin-ketin kitob nozil qilib kelganimizdek, senga ham Qurʼonni nozil etdik. Sen Biz yuborgan Paygʻambarlar silsilasining davomisan. Qurʼon Biz nozil qilgan kitoblar silsilasining davomi.
«Bas, Biz kitob bergan kimsalar unga iymon keltirurlar.»
Yaʼni, oldin kitob berilgan ahli kitoblar Qurʼonga iymon keltirurlar. Bu ularning burchi. Oʻzlarining kitobida ham shunga buyurilganlar. Qurʼon kelganidan keyin boshqa kitoblar amaldan qoladi. Hamma Qurʼonga iymon keltirishi, ergashishi lozim boʻladi.
«Anavilardan ham unga iymon keltiradiganlari bor.»
«Anavilardan» murod arab mushriklaridir.
«Bizning oyatlarimizni faqat kofirlargina inkor eturlar.»
Demak, Qurʼon oyatlarini kim inkor etsa, kim ularga iymon keltirmasa, oʻsha kofirdir. Xoh u ahli kitobdan boʻlsin, xoh mushriklardan boʻlsin, xoh boshqa toifadan boʻlsin.
Baʼzi bir ustomon ahli kitoblar hozirda avvalgi oyat maʼnosi bilan sodda musulmonlarning boshini aylantirmoqdalar. Mana, Qurʼonda sizlar bilan bizni teng deyilgan, Ilohimiz bir, farqi yoʻq, kelinglar, Injil oʻqinglar, cherkovga kiringlar, deb yoʻldan urmoqdalar. Keyingi oyat esa, aytilmay qolib ketmoqda. Musulmonlar Qurʼondan uzoqlashganda ana shunday musiybatlar kelib chiqadi. Islom keldi, boshqa barcha dinlar botil boʻldi. Qurʼon keldi, boshqa barcha kitoblar nasx boʻldi. Ushbu haqiqatni hamma yaxshi bilmogʻi darkor.
Keyingi oyatda Qurʼon haqiqiy ilohiy kitob ekaniga aqliy dalil keltiriladi:
Ey Paygʻambar!