وَمَا كُنتَ تَتْلُوا۟ مِن قَبْلِهِۦ مِن كِتَـٰبٍ وَلَا تَخُطُّهُۥ بِيَمِينِكَ ۖ إِذًا لَّٱرْتَابَ ٱلْمُبْطِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Undan oldin hech bir kitobni tilovat qilmas eding va qo`ling bilan xat yozmas eding. Agar shunday bo`lganida, botil ahllari shubhaga tushgan bo`lur edilar.Ундан олдин ҳеч бир китобни тиловат қилмас эдинг ва қўлинг билан хат ёзмас эдинг. Агар шундай бўлганида, ботил аҳллари шубҳага тушган бўлур эдилар.Alauddin Mansour: Siz (oʻzingizga Qurʼon nozil qilinishidan) ilgari biron kitobni tilovat qilguvchi boʻlgan emas edingiz va oʻz qoʻlingiz bilan xat ham yozgan emas edingiz. Aks holda buzgʻunchi kimsalar albatta shubhaga tushgan boʻlur edilar.Сиз (ўзингизга Қуръон нозил қилинишидан) илгари бирон китобни тиловат қилгувчи бўлган эмас эдингиз ва ўз қўлингиз билан хат ҳам ёзган эмас эдингиз. Акс ҳолда бузғунчи кимсалар албатта шубҳага тушган бўлур эдилар.
Yaʼni, ey Muhammad, sen Qurʼondan oldin biror kitobni tilovat qilmas eding. Chunki, oʻqishni–tilovat qilishni bilmas eding. Buni hamma yaxshi biladi. Sen ularning ichida oʻsgansan. Sening hayotingning har bir lahzasini ular yaxshi biladilar. Shuningdek:
«...qoʻling bilan xat yozmas eding».
Chunki, yozishni ham oʻrganmagan eding. Buni ham hamma yaxshi biladi. Oʻqish va yozishni oʻrganmagan odam Qurʼondek moʻʼjiza kitobni qirq yoshidan keyin birdan tilovat qilib, kishilarga yetkaza boshlashi buning oddiy ish emasligiga yorqin dalildir. Chunki, Qurʼondagi taʼlimotlar, undagi maʼlumotlar inson toʻqib aytadigan joʻn gaplar emas. U kitob oʻqish va yozishni bilmagan inson tomonidan tilovat qilinishi esa, uning ilohiy ekaniga hech shubha qoldirmaydi. Ha, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oʻqish va yozishni oʻrganmaganlari u kishi uchun ham ziynat, ham moʻʼjizadir.
«Agar shunday boʻlganida...»
Yaʼni, oʻqish va yozishni oʻrgangan boʻlganlarida:
«...botil ahllari shubhaga tushgan boʻlur edilar».
Bu oʻqish-yozishni biladi, biror kitobdan oʻqigandir, biror ustozdan yozib olgandir, deb Qurʼonning ilohiy kitob ekanligi haqida shubhaga tushgan boʻlar edilar.
Qurʼon inson tomonidan yaratilishi mumkinmi?