بَلْ هُوَ ءَايَـٰتٌۢ بَيِّنَـٰتٌ فِى صُدُورِ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ ۚ وَمَا يَجْحَدُ بِـَٔايَـٰتِنَآ إِلَّا ٱلظَّـٰلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q! U(Qur'on) ilm berilganlar ko`ksidagi ochiq-oydin oyatlardir. Bizning oyatlarimizni faqat zolimlargina inkor qilur.Йўқ! У(Қуръон) илм берилганлар кўксидаги очиқ-ойдин оятлардир. Бизнинг оятларимизни фақат золимларгина инкор қилур.Alauddin Mansour: Yoʻq u (yaʼni, Qurʼon) ilm ato etilgan zotlarning koʻngillaridagi aniq-ravshan oyatlardir. Bizning oyatlarimizni faqat zolimlargina inkor qilur.Йўқ у (яъни, Қуръон) илм ато этилган зотларнинг кўнгилларидаги аниқ-равшан оятлардир. Бизнинг оятларимизни фақат золимларгина инкор қилур.
Qurʼon inson tomonidan toʻqib yozilgan kitob boʻlishi mumkinmi?
«Yoʻq!»
Qurʼon inson tomonidan toʻqib yozilgan kitob boʻlishi mumkin emas.
Qurʼon ilm berilganlarning–moʻmin-musulmonlarning qalblariga jo boʻlgan ochiq-oydin oyatlardir. Ha, bu kitobning oyatlari ochiq-oydin ilohiy oyatlar ekanini anglab yetish uchun ilm berilgan shaxs boʻlish kerak. Ilm berilmagan johillar buni anglab yetishlari qiyin.
«Bizning oyatlarimizni faqat zolimlargina inkor qilur.»
Ilohiy haqiqatdan chekinib, botilga ergashganlar zolim boʻlmay, kim zolim boʻlsin. Faqat zolim boʻlganlargina, oqni qora, qorani oq deydiganlargina Qurʼon oyatlarini–Alloh taoloning soʻzlarini inkor qilishi mumkin.
Bu ulkan haqiqat qarshisida Muhammad sollallohu alayhi vasallamga dushman boʻlgan kofirlar ham lol edilar. Ular shuning uchun ham boshqa tomondan eʼtiroz bildirishga oʻtdilar.