وَقَالُوا۟ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ ءَايَـٰتٌ مِّن رَّبِّهِۦ ۖ قُلْ إِنَّمَا ٱلْـَٔايَـٰتُ عِندَ ٱللَّهِ وَإِنَّمَآ أَنَا۠ نَذِيرٌ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ular: «Unga Robbidan mo`'jizalar nozil qilinsa edi», dedilar. Sen: «Mo`'jizalar yolg`iz Allohning huzuridadir. Men esa, faqat ochiq-oydin ogohlantirguvchiman, xolos», degin.Ва улар: «Унга Роббидан мўъжизалар нозил қилинса эди», дедилар. Сен: «Мўъжизалар ёлғиз Аллоҳнинг ҳузуридадир. Мен эса, фақат очиқ-ойдин огоҳлантиргувчиман, холос», дегин.Alauddin Mansour: Ular (kofirlar): «Unga (yaʼni, Muhammadga) ham Parvardigori tomonidan oyat-moʻʼjizalar tushganida edi», dedilar. Ayting: «Oyat-moʻʼjizalar yolgʻiz Allohning huzuridadir. Men esa faqat (osiylarni Allohning azobidan) ochiq ogohlantirguvchiman xolos».Улар (кофирлар): «Унга (яъни, Муҳаммадга) ҳам Парвардигори томонидан оят-мўъжизалар тушганида эди», дедилар. Айтинг: «Оят-мўъжизалар ёлғиз Аллоҳнинг ҳузуридадир. Мен эса фақат (осийларни Аллоҳнинг азобидан) очиқ огоҳлантиргувчиман холос».
Kofirlar xayoliga nima kelsa, gapiraveradi. Ular Muhammadga Robbidan oyat-moʻʼjizalar tushsa edi, demoqdalar. Ha,
«Va ular: «Unga Robbidan moʻʼjizalar nozil qilinsa edi», dedilar».
Ammo moʻʼjiza koʻrsatish Muhammad alayhissolatu vassalomning ishlari emas.
Ey Paygʻambar!
«Sen: «Moʻʼjizalar yolgʻiz Allohning huzuridadir. Men esa, faqat ochiq-oydin ogohlantirguvchiman, xolos», degin.»
Ha, moʻʼjizalar faqat Alloh taoloning huzuridan keladi. Ularning tasarrufini yolgʻiz Alloh taoloning Oʻzi qiladi. Qachon kerak boʻlsa, oʻshanda tushiradi. Kimga kerak boʻlsa, oʻshanga tushiradi. Qancha kerak boʻlsa, shuncha tushiradi. Paygʻambar esa, ochiq-oydin ogohlantiruvchi, xolos. Unga Robbi kishilarni ogohlantirishni topshirgan, u shu topshiriqni bajaradi, xolos. Aslida, ularga moʻʼjizalar nozil qilinishining hojati ham yoʻq.