QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят51

أَوَلَمْ يَكْفِهِمْ أَنَّآ أَنزَلْنَا عَلَيْكَ ٱلْكِتَـٰبَ يُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَرَحْمَةً وَذِكْرَىٰ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga Bizning senga o`zlari uchun tilovat qilinayotgan ushbu kitobni nozil etganimiz kifoya qilmasmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun rahmat va eslatma bordir.Уларга Бизнинг сенга ўзлари учун тиловат қилинаётган ушбу китобни нозил этганимиз кифоя қилмасми?! Албатта, бунда иймон келтирадиган қавмлар учун раҳмат ва эслатма бордир.Alauddin Mansour: Axir ularga tilovat qilinayotgan shu Kitobni Biz sizga nozil qilganimiz ular uchun yetarli emasmi?! Albatta bu (Kitob)da iymon keltiradigan qavm uchun rahmat va eslatma bordir.Ахир уларга тиловат қилинаётган шу Китобни Биз сизга нозил қилганимиз улар учун етарли эмасми?! Албатта бу (Китоб)да иймон келтирадиган қавм учун раҳмат ва эслатма бордир.

402-sahifa · 21-juz · 41-hizb402-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَوَلَمْva emasmiва эмасмиيَكْفِهِمْularga kifoya qilurуларга кифоя қилурأَنَّآBizningБизнингأَنزَلْنَاnozil etganimizнозил этганимизعَلَيْكَsengaсенгаٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниيُتْلَىٰtilovat qilinayotganтиловат қилинаётганعَلَيْهِمْ ۚulargaуларгаإِنَّalbattaалбаттаفِى-da-даذَٰلِكَbundaбундаلَرَحْمَةًۭalbatta rahmat borалбатта раҳмат борوَذِكْرَىٰva eslatmaва эслатмаلِقَوْمٍۢqavmlar uchunқавмлар учунيُؤْمِنُونَiymon keltiradiganиймон келтирадиган
TafsirТафсир

Nima uchun ular moʻʼjiza tushishini talab qilishadi? Holbuki, qarshilarida moʻʼjizalarning moʻʼjizasi, abadiy, boqiy moʻʼjiza–Qurʼon turibdi-ku! Bundan ortiq yana qanday moʻʼjiza kerak?!

«Ularga Bizning senga oʻzlari uchun tilovat qilinayotgan ushbu kitobni nozil etganimiz kifoya qilmasmi?!»

Kifoya qilishi kerak. Axir, Qurʼonning har bir oyati oʻziga xos moʻʼjiza-ku. Qurʼon tufayli ular Alloh taolo bilan bevosita aloqada boʻladilar-ku!

«Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun rahmat va eslatma bordir.»

Ha, Qurʼoni Karimdagi rahmatdan bahramand boʻlish uchun kishida iymon boʻlishi kerak.

Ha, Qurʼoni Karimdagi barcha vaʼz-nasihatlardan eslatma olish uchun kishida iymon boʻlishi kerak. Iymonsizlar oldilarida ulkan moʻʼjiza tursa ham, «unga Robbidan moʻʼjizalar tushsa edi», deb yuraveradilar.

Ey Muhammad, unday kishilarga: