QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят52

قُلْ كَفَىٰ بِٱللَّهِ بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ شَهِيدًا ۖ يَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱلْبَـٰطِلِ وَكَفَرُوا۟ بِٱللَّهِ أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَـٰسِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Men bilan sizning oramizda guvohlikka Allohning O`zi kifoyadir. U osmonlaru yerdagi narsani bilur. Botilga iymon keltirib, Allohga kufr keltirganlar, ana o`shalar o`zlari ziyon ko`rguvchilardir», deb ayt.Сен: «Мен билан сизнинг орамизда гувоҳликка Аллоҳнинг Ўзи кифоядир. У осмонлару ердаги нарсани билур. Ботилга иймон келтириб, Аллоҳга куфр келтирганлар, ана ўшалар ўзлари зиён кўргувчилардир», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Alloh men bilan sizlarning oʻrtangizda yetarli guvohdir. U zot osmonlar va Yerdagi bor narsani bilur. Botil narsaga (yaʼni, butlarga) iymon keltirib, Allohga kofir boʻlgan kimsalar — ana oʻshalar ziyon koʻrguvchilarning oʻzidirlar».Айтинг: «Аллоҳ мен билан сизларнинг ўртангизда етарли гувоҳдир. У зот осмонлар ва Ердаги бор нарсани билур. Ботил нарсага (яъни, бутларга) иймон келтириб, Аллоҳга кофир бўлган кимсалар — ана ўшалар зиён кўргувчиларнинг ўзидирлар».

402-sahifa · 21-juz · 41-hizb402-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْdeb aytдеб айтكَفَىٰkifoyadirкифоядирبِٱللَّهِAllohning OʻziАллоҳнинг Ўзиبَيْنِىmen bilanмен биланوَبَيْنَكُمْva sizning orangizdaва сизнинг орангиздаشَهِيدًۭا ۖguvohlikkaгувоҳликкаيَعْلَمُU bilurУ билурمَاnarsaniнарсаниفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِ ۗva yerва ерوَٱلَّذِينَva kimsalarва кимсаларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганبِٱلْبَـٰطِلِbotilgaботилгаوَكَفَرُوا۟va kufr keltirganва куфр келтирганبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларهُمُoʻzlariўзлариٱلْخَـٰسِرُونَziyon koʻrguvchilardirзиён кўргувчилардир
TafsirТафсир

Ey Muhammad, kofirlar bilan tortishib oʻtirma, ularga inkor qilib boʻlmaydigan guvoh keltir. Ular bilan oralaringizda meni guvoh qil. Ularga:

«Men bilan sizning oramizda guvohlikka Allohning Oʻzi kifoyadir», deb ayt.

Kimning qanaqa ekaniga Allohning Oʻzi guvohlik beradi. Mening U zot tomonidan Paygʻambar etib yuborilganimga ham, menga Qurʼon nozil etilganiga ham Allohning Oʻzi guvohlik beradi. Sizning kofir–ahli botil ekaningizga ham Allohning Oʻzi guvohlik beradi. Chunki:

«U osmonlaru yerdagi narsani bilur».

Osmonlaru yerda U bilmaydigan narsa yoʻq. Shu jumladan, mening kimligimni ham, sizning kimligingizni ham yaxshi biladi. Ey kofirlar, bilib qoʻyingki:

«Botilga iymon keltirib, Allohga kufr keltirganlar, ana oʻshalar oʻzlari ziyon koʻrguvchilardir».

Boshqalar emas. Ular har taraflama ziyon koʻradilar. Avvalo, bu dunyoda ziyon koʻradilar. Qolaversa, u dunyoda ham ziyon koʻradilar. Shuningdek, hammaga ham maʼlum va mashhurdirki, botilga ergashib, Allohga kufr keltirish hech qachon, hech kimga zarracha foyda keltirmagan.