QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят53

وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِٱلْعَذَابِ ۚ وَلَوْلَآ أَجَلٌ مُّسَمًّى لَّجَآءَهُمُ ٱلْعَذَابُ وَلَيَأْتِيَنَّهُم بَغْتَةً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular sendan azobni tezlashtirishni talab qilurlar. Agar belgilangan ajal bo`lmaganida, ularga, albatta, azob kelgan bo`lur edi. Albatta, ularga u to`satdan, ular sezmagan holda kelur.Улар сендан азобни тезлаштиришни талаб қилурлар. Агар белгиланган ажал бўлмаганида, уларга, албатта, азоб келган бўлур эди. Албатта, уларга у тўсатдан, улар сезмаган ҳолда келур.Alauddin Mansour: Ular sizdan azobni tezlatishni talab qilurlar. Agar belgilangan muddat (yaʼni, Qiyomat Kuni) boʻlmasa edi, albatta ularga (darhol) azob kelgan boʻlur edi. Shak-shubhasiz, (azob) ularga oʻzlari sezmagan hollarida toʻsatdan kelur.Улар сиздан азобни тезлатишни талаб қилурлар. Агар белгиланган муддат (яъни, Қиёмат Куни) бўлмаса эди, албатта уларга (дарҳол) азоб келган бўлур эди. Шак-шубҳасиз, (азоб) уларга ўзлари сезмаган ҳолларида тўсатдан келур.

403-sahifa · 21-juz · 41-hizb403-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَسْتَعْجِلُونَكَva sendan tezlashtirishni talab qilurlarва сендан тезлаштиришни талаб қилурларبِٱلْعَذَابِ ۚazobniазобниوَلَوْلَآva agar boʻlmaganidaва агар бўлмаганидаأَجَلٌۭajalажалمُّسَمًّۭىbelgilanganбелгиланганلَّجَآءَهُمُalbatta ularga kelgan boʻlur ediалбатта уларга келган бўлур эдиٱلْعَذَابُazobазобوَلَيَأْتِيَنَّهُمva albatta ularga kelurва албатта уларга келурبَغْتَةًۭtoʻsatdanтўсатданوَهُمْular esaулар эсаلَاemasэмасيَشْعُرُونَsezurlarсезурлар
TafsirТафсир

Ey Muhammad, kofirlar sendan oʻzlariga vaʼda qilinayotgan azobni tezroq keltirishni talab etmoqdalar. Ular bu bilan Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni ojiz qoldirmoqchi, mot qilmoqchi boʻldilar. Shu bilan birga, koʻrinadiki, azobning kelmay turishida hikmatlar borligini anglamayaptilar. Alloh taolo behikmat ish qilmaydi. Kofirlarga vaʼda qilgan azobni tezlatmaganligida ham bir qancha hikmatlar bor.

Gohida, bu hikmat kofirlarni vaqtincha tek qoʻyib, kufr va tugʻyonga mukkalaridan ketgan paytlarida olishida zohir boʻladi.

Gohida, bunda moʻminlarni sinash–imtihon qilish hikmati boʻladi. Bu sinovdan oʻtsalar, iymonlari yana ham mustahkam boʻladi. Bunday sinovlarga dosh bera olmaydiganlar esa, oʻz-oʻzidan safdan chiqadilar.

Gohida, azobning kelmay turishida kofir va mushriklardan baʼzilarining iymonga kelishiga yoki ulardan moʻmin farzandlar tugʻilishiga muhlat berish hikmati boʻladi. Shu va shunga oʻxshash hikmatlarni kofirlar anglab yetmaydilar va:

«Ular sendan azobni tezlashtirishni talab qilurlar».

Ular talab qilmasalar ham, azob keladi.

«Agar belgilangan ajal boʻlmaganida, ularga, albatta, azob kelgan boʻlur edi.»

Lekin Alloh taolo har bir narsaning, shu jumladan, kofirlarga keladigan azobning ajali–muddatini ham avvaldan belgilab qoʻygandir. Oʻsha muddat yetganida, azob ham keladi. Azobning talab qilingan zahoti kelmasligi, uning umuman kelmasligidan darak emas.

«Albatta, ularga u toʻsatdan, ular sezmagan holda kelur».

Qanday kelganini bilmay, gʻaflatda qoladilar.