يَسْتَعْجِلُونَكَ بِٱلْعَذَابِ وَإِنَّ جَهَنَّمَ لَمُحِيطَةٌۢ بِٱلْكَـٰفِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular sendan azobni tezlashtirishni talab qilurlar. Holbuki, jahannam, hech shubhasiz, kofirlarni o`rab turguvchidir.Улар сендан азобни тезлаштиришни талаб қилурлар. Ҳолбуки, жаҳаннам, ҳеч шубҳасиз, кофирларни ўраб тургувчидир.Alauddin Mansour: Ular sizdan azobni tezlatishni talab qilurlar. Albatta jahannam kofirlarni oʻrab olguvchidir.Улар сиздан азобни тезлатишни талаб қилурлар. Албатта жаҳаннам кофирларни ўраб олгувчидир.
Kofirlarning holati qiziq. Ular Paygʻambarlardan azobni tezlashtirishni talab qiladilar. Lekin oʻzlarini azob toʻla jahannam qurshab turganini bilmaydilar. Kofirlikning oʻzi azob. Kofir odam jahannam azobiga giriftor boʻlishiga zarracha shubha yoʻq. Yana ular azobni tezlatishni ham talab qiladilar. Ular shoshilmasalar ham, baribir, azobga giriftor boʻlishlari aniq. Shubhasiz, bir kun keladiki: