QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят56

يَـٰعِبَادِىَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِنَّ أَرْضِى وَٰسِعَةٌ فَإِيَّـٰىَ فَٱعْبُدُونِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirgan bandalarim, albatta, Mening yerim kengdir. Bas, Mengagina ibodat qilinglar.Эй, иймон келтирган бандаларим, албатта, Менинг ерим кенгдир. Бас, Менгагина ибодат қилинглар.Alauddin Mansour: Ey iymon keltirgan bandalarim, shak-shubha yoʻqki, Mening yerim keng, kattadir. Bas, sizlar Mengagina ibodat qilingiz!Эй иймон келтирган бандаларим, шак-шубҳа йўқки, Менинг ерим кенг, каттадир. Бас, сизлар Менгагина ибодат қилингиз!

403-sahifa · 21-juz · 41-hizb403-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰعِبَادِىَey bandalarimэй бандаларимٱلَّذِينَkimsalarкимсаларءَامَنُوٓا۟iymon keltirganиймон келтирганإِنَّalbattaалбаттаأَرْضِىMening yerimМенинг еримوَٰسِعَةٌۭkengdirкенгдирفَإِيَّـٰىَbas, Mengaginaбас, Менгагинаفَٱعْبُدُونِibodat qilinglarибодат қилинглар
TafsirТафсир

Alloh taolo iymon uchun, dinu diyonat uchun azob-uqubat tortayotgan moʻmin-musulmonlarga suyukli, ularni taqdirlovchi bir nido qilmoqda:

«Ey, iymon keltirgan bandalarim...» demoqda.

Ularni «iymon keltirganlar» deb atashining oʻzi ulkan saodat. «Bandalarim», deb oʻziga nisbat berishida esa, yana ham katta taqdirlash bor.

«...albatta, Mening yerim kengdir.»

Bunda ham moʻmin-musulmonlarning koʻnglini koʻtarish, ularga dalda berish bor.

Siz Mening bandamsiz, yer Mening yerim. Kofirlar biror joyda iymoningiz uchun, dinu diyonatingiz uchun sizga tinchlik bermayotgan boʻlsa, qiynoq-qistovga olayotgan boʻlsa, Mening yerim keng, boshqa tomonida yashab, istiqomat qilishingiz mumkin.

«Bas, Mengagina ibodat qilinglar.»

Qayerda yashashingiz ahamiyatli emas, faqat Allohgagina ibodat qilishga imkon boʻlsa boʻldi, oʻsha yer mahbubdir.

Bu oyatda Makka mushriklaridan azob chekayotgan moʻminlarga Makkani tashlab, hijrat qilishga daʼvat bor edi. Birinchi muhojirlarning hijratlaridan keyin kofirlar yana hijrat qilmoqchi boʻlgan musulmonlarning yoʻllarini toʻsib, ularni oʻldirish payida boʻla boshladilar. Hijrat sababli vujudga keladigan ona vatan, ahli ayol, yoru doʻst sogʻinchi ustiga jonning xavf-xatar ostida qolishi ham qoʻshildi. Ana oʻsha sabab yuzasidan Alloh taolo quyidagilarni aytdi: