۞ قُلْ يَتَوَفَّىٰكُم مَّلَكُ ٱلْمَوْتِ ٱلَّذِى وُكِّلَ بِكُمْ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُمْ تُرْجَعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Sizlarga vakil qilingan o`lim farishtasi joningizni oladir. So`ngra Robbingizga qaytarilursiz», deb ayt.Сен: «Сизларга вакил қилинган ўлим фариштаси жонингизни оладир. Сўнгра Роббингизга қайтарилурсиз», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Sizlarga vakil qilingan oʻlim farishtasi jonlaringizni olur, soʻngra Parvardigoringizga qaytarilursizlar».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Сизларга вакил қилинган ўлим фариштаси жонларингизни олур, сўнгра Парвардигорингизга қайтарилурсизлар».
Kofirlar oʻlgandan keyin qayta tirilishni inkor etar edi. Oyatda odam bolasining oʻlimi ham, tirilishi ham oʻz ixtiyori bilan boʻlmasligi bayon qilinmoqda.
«Sizlarga vakil qilingan oʻlim farishtasi joningizni oladir.»
Jonni olishga yuborilgan farishta Azroil alayhissalom ekanligi maʼlum va mashhurdir. Bu dunyoda odam bolasi hech qachon oʻlishni xohlamaydi. Doimo tiriklikni istaydi. Ammo ajali yetsa, u qanchalik yashashni xohlasa-da, vakil qilingan oʻlim farishtasi kelib jonini oladi. Shunda u oʻz istagiga qarshi oʻlaroq vafot etadi.
«Soʻngra Robbingizga qaytarilursiz», deb ayt.»
Shuningdek, oʻlgan inson xohishidan qatʼinazar, baribir, vaqti-soati kelganda, Allohning amriga binoan qayta tiriladi. Qayta tirilib, Robbiga qaytariladi. Oʻshanda Robbi uni bu dunyodagi amallari yuzasidan savol-javob qilib, mukofot yoki jazo beradi. Ana oʻshanda: