وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذِ ٱلْمُجْرِمُونَ نَاكِسُوا۟ رُءُوسِهِمْ عِندَ رَبِّهِمْ رَبَّنَآ أَبْصَرْنَا وَسَمِعْنَا فَٱرْجِعْنَا نَعْمَلْ صَـٰلِحًا إِنَّا مُوقِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Gunohkorlarning Robbilari huzurida boshlarini egib turib: «Ey Robbimiz, ko`rdik, eshitdik. Bas, bizni ortga qaytar, yaxshi amal qilamiz. Albatta, biz ishonib yetdik», deyishlarini ko`rsang edi.Гуноҳкорларнинг Роббилари ҳузурида бошларини эгиб туриб: «Эй Роббимиз, кўрдик, эшитдик. Бас, бизни ортга қайтар, яхши амал қиламиз. Албатта, биз ишониб етдик», дейишларини кўрсанг эди.Alauddin Mansour: Agar siz u jinoyatchi kimsalarni (Qiyomat Kunida) Parvardigorlari huzurida boshlari egik holda turib: «Parvardigoro, (vaʼdang rost ekanligini) koʻrdik va eshitdik, bas, bizlarni (hayotga) qaytargin, bizlar yaxshi amal qilaylik. Endi bizlar (Qiyomat haq ekanligiga) shak-shubhasiz, ishonguvchidirmiz», (deyishlarini) koʻrsangiz edi.Агар сиз у жиноятчи кимсаларни (Қиёмат Кунида) Парвардигорлари ҳузурида бошлари эгик ҳолда туриб: «Парвардигоро, (ваъданг рост эканлигини) кўрдик ва эшитдик, бас, бизларни (ҳаётга) қайтаргин, бизлар яхши амал қилайлик. Энди бизлар (Қиёмат ҳақ эканлигига) шак-шубҳасиз, ишонгувчидирмиз», (дейишларини) кўрсангиз эди.
Kofirlar bu dunyoda inkor etib yurgan narsalar yuzaga chiqdi. Qiyomat qoyim boʻlishini inkor etar edilar, ammo qiyomat qoyim boʻldi. Qayta tirilishni rad qilar edilar, ammo qayta tirildilar. Mana endi, mahsharda Robbilari huzurida, xaloyiqning guvohligida sharmandai-sharmisor boʻlib, ayblarini, gunohlarini tan olib, boshlarini egib turibdilar. Ayni paytda, Allohga yolvormoqdalar:
«Gunohkorlarning Robbilari huzurida boshlarini egib turib:»Ey Robbimiz, koʻrdik, eshitdik».
Qiyomat qoyim boʻlishini ham, oʻliklar qayta tirilishini ham koʻrdik. Xaloyiqning toʻplanishiga guvoh boʻldik. Koʻpgina taʼnadashnom va savol-javoblarni eshitdik.
«Bas, bizni ortga qaytar, yaxshi amal qilamiz», deyishlarini koʻrsang edi.»
Bizni yana orqaga, yorugʻ dunyoga qaytar. Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilamiz. Oxiratda albatta bandaning holiga voy boʻlishiga biz ishonib yetdik, demoqdalar. Lekin endi kech boʻldi. Bu ishlarni tiriklikda qilish kerak edi. Paygʻambarning aytganiga yurish kerak edi. Qurʼonga amal etish lozim edi.