QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Sajdah surasi · Oyatсураси · Оят13

وَلَوْ شِئْنَا لَـَٔاتَيْنَا كُلَّ نَفْسٍ هُدَىٰهَا وَلَـٰكِنْ حَقَّ ٱلْقَوْلُ مِنِّى لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنَ ٱلْجِنَّةِ وَٱلنَّاسِ أَجْمَعِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar xohlaganimizda, har bir jonga o`z hidoyatini berar edik. Lekin Mendan: «Albatta, jahannamni jinlar va odamlarni jamlab to`ldirurman», degan so`z haq bo`ldi.Агар хоҳлаганимизда, ҳар бир жонга ўз ҳидоятини берар эдик. Лекин Мендан: «Албатта, жаҳаннамни жинлар ва одамларни жамлаб тўлдирурман», деган сўз ҳақ бўлди.Alauddin Mansour: Agar Biz xohlasak, albatta har bir jonga oʻz hidoyatini ato etgan boʻlur edik, lekin Men tomondan bu soʻz haq-sobit boʻlgandir: «Men jahannamni (kofir) jin va (dinsiz) odamlarning barchasi bilan toʻldirurman».Агар Биз хоҳласак, албатта ҳар бир жонга ўз ҳидоятини ато этган бўлур эдик, лекин Мен томондан бу сўз ҳақ-собит бўлгандир: «Мен жаҳаннамни (кофир) жин ва (динсиз) одамларнинг барчаси билан тўлдирурман».

416-sahifa · 21-juz · 42-hizb416-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَوْva agarва агарشِئْنَاxohlaganimizdaхоҳлаганимиздаلَـَٔاتَيْنَاalbatta berar edikалбатта берар эдикكُلَّhar birҳар бирنَفْسٍjongaжонгаهُدَىٰهَاoʻz hidoyatiniўз ҳидоятиниوَلَـٰكِنْlekinлекинحَقَّhaq boʻldiҳақ бўлдиٱلْقَوْلُsoʻzсўзمِنِّىMendanМенданلَأَمْلَأَنَّalbatta toʻldiramanалбатта тўлдираманجَهَنَّمَjahannamniжаҳаннамниمِنَbilanбиланٱلْجِنَّةِjinlarжинларوَٱلنَّاسِva odamlarва одамларأَجْمَعِينَjamlabжамлаб
TafsirТафсир

Alloh taolo xohlaganini hech qanday toʻsiq va qiyinchiliksiz amalga oshiradi.

«Agar xohlaganimizda, har bir jonga oʻz hidoyatini berar edik.»

Har bir odamning hidoyatini oʻzi bilan birga qilib qoʻygan boʻlar edik. Ha, bu ish Alloh taolo uchun oson edi. Odamlarni ham, hayvonotga fitriy ilhom berganidek, birov oʻrgatmasa ham oʻzidan-oʻzi hidoyatga yurib ketadigan yoki farishtalarga oʻxshab gunoh eta olmaydigan qilib qoʻyishi mumkin edi. Ammo Alloh insonni ayricha tabiat bilan yaratdi. Unga aql berdi. Iroda berdi. Istak berdi. Shahvat berdi. Paygʻambar yuborib, kitob nozil qildi. Hidoyat va zalolat yoʻlini koʻrsatdi. Bu dunyodagi vazifasini tushuntirdi.

«Lekin Mendan: «Albatta, jahannamni jinlar va odamlarni jamlab toʻldirurman», degan soʻz haq boʻldi.»

Odamlar va jinlar ichidan kofirlikni, osiylikni tanlaganlarini qoʻshib jahannamga tashlab, ular bilan uni albatta toʻldiraman, degan soʻzim bor edi, shu haq boʻldi.

Yuqoridagi oyatda eslatilgan kofirlar oʻsha haq soʻzga uchragan kimsalardir. Ana endi ularga: