QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Sajdah surasi · Oyatсураси · Оят14

فَذُوقُوا۟ بِمَا نَسِيتُمْ لِقَآءَ يَوْمِكُمْ هَـٰذَآ إِنَّا نَسِينَـٰكُمْ ۖ وَذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلْخُلْدِ بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Bas, totib ko`ringlar, ushbu kuningizda uchrashuvni unutganingiz tufayli Biz ham sizni unutdik. Qilib o`tgan amallaringiz tufayli mangu azobni toting!» deyilur.«Бас, тотиб кўринглар, ушбу кунингизда учрашувни унутганингиз туфайли Биз ҳам сизни унутдик. Қилиб ўтган амалларингиз туфайли мангу азобни тотинг!» дейилур.Alauddin Mansour: Bas, (ey kofirlar), ushbu kuningizdagi uchrashuvni unutib qoʻyganlaringiz sababli (alamli azobni) totingiz! Darvoqeʼ, Biz ham (bugun) sizlarni «unutdik». Qilib oʻtgan amallaringiz sababli mangu azobni totingiz!Бас, (эй кофирлар), ушбу кунингиздаги учрашувни унутиб қўйганларингиз сабабли (аламли азобни) тотингиз! Дарвоқеъ, Биз ҳам (бугун) сизларни «унутдик». Қилиб ўтган амалларингиз сабабли мангу азобни тотингиз!

416-sahifa · 21-juz · 42-hizb416-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَذُوقُوا۟bas, totib koʻringlarбас, тотиб кўрингларبِمَاtufayliтуфайлиنَسِيتُمْunutganingizунутганингизلِقَآءَuchrashuvniучрашувниيَوْمِكُمْkuningizdagiкунингиздагиهَـٰذَآushbuушбуإِنَّاalbatta, Bizалбатта, Бизنَسِينَـٰكُمْ ۖsizni unutdikсизни унутдикوَذُوقُوا۟va totingва тотингعَذَابَazobniазобниٱلْخُلْدِmanguмангуبِمَاtufayliтуфайлиكُنتُمْqilib oʻtganқилиб ўтганتَعْمَلُونَamallaringizамалларингиз
TafsirТафсир

Mana, endi jahannam azobini totib koʻringlar.

«...ushbu kuningizda uchrashuvni unutganingiz tufayli Biz ham sizni unutdik.»

Aslida, Alloh taolo hech narsani va hech kimni unutmaydi. Balki, xuddi unutgandek muomala qiladi. Bu esa, moddiy azob ustiga qoʻshilgan maʼnaviy azobdir. Kofirlar bu dunyoda qiyomat kuniga roʻbaroʻ boʻlishlarini unutib kufr keltiradilar, gunohlar qiladilar. Shu tufayli Alloh taolo ularni qiyomatda jahannamga tashlaydi. Ularga xuddi unutib qoʻygandek muomala qilib, ularni jahannam azobidan qutqarmaydi.

«Qilib oʻtgan amallaringiz tufayli mangu azobni toting!»

Shunday qilib, kofirlar abadiy azobda qolurlar.

Keyin Alloh taolo moʻmin bandalari sifatlaridan baʼzilarini keltiradi: