إِنَّمَا يُؤْمِنُ بِـَٔايَـٰتِنَا ٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِّرُوا۟ بِهَا خَرُّوا۟ سُجَّدًا وَسَبَّحُوا۟ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَهُمْ لَا يَسْتَكْبِرُونَ ۩
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Bizning oyatlarimizga ular-la eslatma berilganda sajdaga yiqiladigan, Robbilariga hamd ila tasbih aytadigan va mutakabbirlik qilmaydiganlargina iymon keltirurlar.Албатта, Бизнинг оятларимизга улар-ла эслатма берилганда саждага йиқиладиган, Роббиларига ҳамд ила тасбиҳ айтадиган ва мутакаббирлик қилмайдиганларгина иймон келтирурлар.Alauddin Mansour: Bizning oyatlarimizga faqat qachon u (oyatlar) zikr qilinsa, sajda qilgan hollarida yiqiladigan va kibr-havo qilmagan hollarida hamdu sano aytish bilan Parvardigorlarini poklaydigan zotlargina iymon keltirurlar.Бизнинг оятларимизга фақат қачон у (оятлар) зикр қилинса, сажда қилган ҳолларида йиқиладиган ва кибр-ҳаво қилмаган ҳолларида ҳамду сано айтиш билан Парвардигорларини поклайдиган зотларгина иймон келтирурлар.
Demak, Allohning oyatlariga iymon keltiradigan odamlarning oʻzlariga xos sifatlari boʻlar ekan. «...ular-la eslatma berilganda sajdaga yiqiladigan...» Yaʼni, Allohning oyatlari tilovat qilingan chogʻda taʼsirlanib, qalblari erib, ixloslari ortib, Allohni ulugʻlab sajdaga yiqiladigan odamlargina oyatlarga iymon keltirar ekanlar. «...Robbilariga hamd ila tasbih aytadigan...» Alloh taologa hamdu sano–maqtovlar aytadigan va uni turli ayblardan poklab yod etadigan kishilargina Allohning oyatlariga iymon keltirar ekan. «...va mutakabbirlik qilmaydiganlargina iymon keltirurlar.» Ushbu oyati karima Qurʼoni Karimdagi sajda oyatlaridan biridir. Allohning oyatlariga iymon keltiradigan baxtli bandalarning vasfi davom etadi: